20 avgust kuni soat 23:54 lar atrofida M-39 Olmaota-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani Yoyilma mahallasi hududidan o‘tgan 976-kilometrida piyoda o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.

Jizzax viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi Cobalt haydovchisi Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan Mirzacho‘l tumani Mirzadala shaharchasida istiqomat qilgan (1978 y.t.) piyodani urib yuborgan.

«Fuqaro hodisa oqibatida olgan og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxona vafot etdi», — deyiladi xabarda.