Toshkent shahar IIBB tomonidan avgust oyi boshida olib qo‘yilgan yirik miqdordagi qalbaki AQSh dollarining tayyorlash va o‘tkazishga aloqador shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining 27 avgust kuni xabar berishicha, 4 avgust kuni o‘tkazilgan maxsus tadbirda fuqaro Botir E. qo‘lga olinib, uning Spark avtomobilidan 15,7 ming qalbaki AQSh dollari topilgan.


IIBB Ekspert-kriminalistika markazi ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, 157 dona 100 dollar, 7 dona 10 dollar va 2 dona 1 dollar qiymatidagi kupyuralar qalbaki usulda tayyorlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor-tergov tadbirlar olib borilmoqda.