Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 28 avgust kuni 13:40 lar atrofida sodir bo‘lgan YTH oqibatida Lacetti avtomobili yonib ketdi, deb xabar berdi Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi J.R. Lacetti avtomashinasida 4R-79 «Qarshi-Shahrisabz» yo‘lining Qamashi tumani «Qo‘shkapa» mahallasidan o‘tgan 43 kilometrida Shahrisabz shahri tomon harakatlanib kelayotgan haydovchi P.J. boshqaruvidagi Gentra avtomobili qatnov qismiga chiqib ketishi natijasida to‘qnashib ketgan.

Hodisa oqibatida Lacetti avtomashinasi yonib ketgan. Natijada uning ichidagi haydovchi J.R. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.