Bo‘rijar kanalining Toshkent shahri Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida uch kishi cho‘kib ketdi. Ulardan biri hamon qidiruvda, deb xabar bermoqda Renessans TV.

Voqea 10-aprel kuni sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 5 yoshli bola qirg‘oqda o‘ynab, tasodifan suvga tushib ketgan. Uni ko‘rgan ayol (bolaning onasi) bolani qutqarish uchun suvga sakragan, biroq kuchli oqim tufayli u ham cho‘kib ketgan. Boshqa bir kishi ularga yordam berishga harakat qilgan, lekin uni ham suv oqimi olib ketdi, deyiladi xabarda.

Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Zuhriddin Qurbonovning ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar bola va ayolning jasadini topgan, erkakni qidirish ishlari esa davom etmoqda.