6-may kuni soat taxminan 21:30 larda otasining mashinasini boshqarayotgan voyaga yetmagan (2007-yilda tug‘ilgan) shaxs Samarqand shahri Ibn Xoldun ko‘chasidan o‘tayotgan 52 yoshli erkakni urib yubordi.

Samarqand viloyati IIB YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga tezlikni oshirish sabab bo‘lgan.

йтҳ, бахтсиз ҳодиса

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga yotqizilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.