30 avgust kuni soat 01:40 larda 21 yoshli haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan «Neksiya-3» rusumli avtomashinasida M.Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan piyodalar o‘tish joyidan yo‘l-qatnov qismini kesib o‘tayotgan 41 yoshli piyodani (erkak) urib yuborgan.

Kun.uz nashrining xabar berishicha, YTHni sodir etgan shaxs Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasining katta yordamchisi D.Ya. bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, aravasini yetaklagancha yo‘ldan o‘tayotgan piyoda zarb natijasida bir necha metrga uchib ketgan va boshi bilan yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari natijasida voqea joyida jon bergan.

Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.