25-noyabr kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi shaxtada ishlayotgan 46 yoshli erkak ehtiyotsizlik oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa soat 10:00 da “Muhammad Tosh” konida sodir bo‘lgan. Erkak tosh chiqarayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida ustiga tosh yumalab ketib, bosib qolgan. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘lgan.

Marhumning xotini va ikki farzandi bo‘lgan. Hozirda tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.