Afg‘oniston shimolida kuchli yomg‘irlar sababli suv toshqinlari yuz berib, kamida 150 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam jarohatlandi. Hodisadan eng ko‘p Bag‘lon viloyati zarar ko‘rdi. Uyidan ayrilgan oilalarga chodir, ko‘rpa-to‘shak va oziq-ovqat tarqatilmoqda.
O‘zbekistondan Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan 169 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yetib bordi. Yordam tarkibidan un, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, konservalangan go‘sht mahsulotlari, makaron, shakar va boshqalar o‘rin olgan.
Qirg‘izistonda soat 20:15 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2 ball).
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2023-yilda Afg‘onistonga 91,2 mln dollarlik elektr energiyasi eksport qildi va 9,6 mln dollarlik elektr energiyasi tranzitini amalga oshirdi. Shuningdek, tashkilot yil davomida magistral elektr tarmoqlari orqali 71,9 mlrd kVt•soat elektr energiyasi uzatdi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilishning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’mirlash ishlarining birinchi bosqichiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan 120 nafar ishchi jo‘natildi. Foto.
Afg‘oniston energetika kompaniyasi O‘zbekiston oldidagi elektr energiyasi bo‘yicha ikki yillik qarzini to‘liq qaytardi, dedi tashkilot vakili. O‘zbekiston tomoni qarzning katta qismi to‘langanini, yana qariyb 1,2 million dollar to‘lanishi kerakligini tasdiqladi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashdi. Ular chegara va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Gaya-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Rossiyaning xususiy Falcon 10 samolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi omon qoldi. Tirik qolganlar faqat ekipaj a’zolari bo‘lib, yana 2 nafar yo‘lovchini qidirish ishlari olib borilmoqda.
Hindistonning Gaya shahridan Toshkent orqali Rossiyaga charter reysini amalga oshirayotgan Rossiyaning Falcon samolyoti Afg‘onistonda halokatga uchradi. Havo kemasi Afg‘oniston havo hududida radarlardan g‘oyib bo‘lgan. “Rosaviatsiya” bortda olti kishi borligini xabar qildi.
“O‘zbekkosmos” “Chegara bilmas daryolar” koalitsiyasi ekspetlarining Qo‘shtepa kanali qirg‘og‘i Amudaryodan olinayotgan suv oqimi oqibatida yuvib ketilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarini rad etdi. Agentlik aniqlashicha, sizib chiqqan suv — sizot suvlari.
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish “Tolibon” taqiqidan keyin 95 foizgacha kamaydi. Ko‘plab afg‘on fermerlari bug‘doy yetishtirishga o‘tgan.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolarini afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatishni susaytirmaslikka, u yerdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqirdi. “Bizga qo‘shnilari bilan iqtisodiy hamkorlikida faol ishtirok etadigan Afg‘oniston kerak”, — dedi prezident.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Tomonlar tovar ayirboshlash hajmini yiliga 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi. “Tolibon”, shuningdek, Afg‘oniston yuklarining O‘zbekiston orqali tranziti uchun to‘lovlarni kamaytirishni so‘ragan.
2021-yil avgustida Afg‘onistondan O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tilgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot taqdiri hamon AQSh va O‘zbekiston rasmiylari tomonidan muhokama qilinmoqda, deya AQShning Toshkentdagi elchisi Jonatan Xenik “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi. Harbiy aviatexnikalar Surxondaryoda qolmoqda.
YeI va BMT Taraqqiyot dasturi amalga oshirgan O‘zbekistonda vaqtincha yashayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbga tayyorlash bo‘yicha loyihaning birinchi bosqichida 330 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Termizda loyihaning 400 nafar Afg‘oniston fuqarosini qamrab olgan ikkinchi bosqichi boshlandi.
Afg‘onistonda uzunligi 280 km, eni 100 metr bo‘lishi kutilayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishining 2-bosqichiga start berildi. “Tolibon” vakillari kanal qurilishi bo‘yicha O‘zbekistondan tashvishlanmaslikni so‘radi.
7-oktabrdagi kuchli zilzilalardan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga O‘zbekistondan qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yetkazildi. Jo‘natma tarkibida oziq-ovqat va birlamchi tibbiy yordam vositalari bor.
Shanba kuni Afg‘onistonning g‘arbiy hududlarida sodir bo‘lgan 6,3 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni ikki mingdan oshdi. O‘zbekiston TIV zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Xalqaro xavfsizlik Afg‘onistondagi jarayonlar bilan bevosita bog‘liq. Uni o‘z muammolari bilan yana yolg‘iz qoldirish katta xato bo‘ladi, dedi Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasida. U insonparvarlik yordamini davom ettirish, Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirishga chaqirdi.
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi “moliyalashtirishdagi ulkan taqchillik” tufayli millionlab afg‘onlarga yordamni qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatning 90 foizgacha aholisida oziq-ovqat taqchilligi kuzatilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting