«afg‘oniston» tegli maqolalar


OAV: O‘zbekiston elektr stansiyalaridagi muammolar tufayli Afg‘onistonda elektr taqchilligi yuz berdi
13 yanvar 2021, 09:42

OAV: O‘zbekiston elektr stansiyalaridagi muammolar tufayli Afg‘onistonda elektr taqchilligi yuz berdi

O‘zbekiston elektr stansiyalaridagi «texnik muammolar» tufayli Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan energiya quvvati 450 MVtdan 300 MVtgacha tushib ketdi. Afg‘on OAVlari buning natijasida Qobulning katta qismida elektr taqchilligi yuzaga kelganini aytmoqda. Hozirda quvvat 400 MVtgacha tiklandi. Energetika vazirligi shartnomada kelishilgan quvvatning 85 foizi miqdorida yetkazilayotganini tasdiqladi.

O‘zbekiston Afg‘onistonda temir yo‘lini qurish uchun AQSH mablag‘larini jalb etadi
17 noyabr 2020, 16:24

O‘zbekiston Afg‘onistonda temir yo‘lini qurish uchun AQSH mablag‘larini jalb etadi

«Mozori-Sharif — Qobul» temir yo‘li AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi mablag‘lari evaziga qurilishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari kelasi yilning sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekistonga Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradi.

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi raisini qabul qildi
11 noyabr 2020, 18:22

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi raisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdullani qabul qildi.

Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi integratsiyaga jalb qilish masalasi muhokama qilindi
11 noyabr 2020, 12:14

Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi integratsiyaga jalb qilish masalasi muhokama qilindi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdulla bilan uchrashdi. Suhbatda asosiy e’tibor Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlariga jalb qilish hamda mustahkam tinchlik o‘rnatishga qaratildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yilga elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
29 avgust 2020, 13:44

O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yilga elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, transport va energetika masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 10 yillik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Afg‘onistonda «So‘g‘diyona trans» vakillariga qurolli hujum uyushtirildi
21 avgust 2020, 14:40

Afg‘onistonda «So‘g‘diyona trans» vakillariga qurolli hujum uyushtirildi

Afg‘onistonning Balx provinsiyasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibiga kiruvchi «So‘g‘diyona trans» sho‘’ba korxonasi vakillariga qurolli hujum uyushtirildi. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston hududidagi o‘zbek kompaniyalari xodimlari himoyasini kuchaytirishni so‘radi.

O‘zbekiston tolib-mahbuslarning ozod qilinishini olqishladi
10 avgust 2020, 18:52

O‘zbekiston tolib-mahbuslarning ozod qilinishini olqishladi

O‘zbekiston Afg‘oniston Maslahat loya jirg‘asining 400 nafar tolib-mahbusni ozod qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlashini ma’lum qildi. Afg‘onlararo muzokaralari shu hafta ichida boshlanishi mumkin.

Afg‘onistonlik ayollar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini o‘rganishadi
10 iyul 2020, 18:38

Afg‘onistonlik ayollar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini o‘rganishadi

Afg‘onistonlik yosh xotin-qizlar Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tahsil oladilar. Loyiha doirasida Afg‘onistondan kelgan 50 nafar ayollar Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarida o‘qishi ko‘zda tutilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting