O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Afg‘onistonga tashrifi doirasida ushbu mamlakat mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashdi, deb xabar qildi Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Tomonlar “chegara masalalari, ikki tomonlama va iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, transport sohasida hamkorlik” masalalarini muhokama qildi.

“O‘tgan yil davomida biz mamlakat chegaralarini mustahkamladik va ularni yanada mustahkamlash tarafdorimiz”, — dedi Muhammad Yoqub.

абдусалом азизов, афғонистон, дхх, муҳаммад ёқуб

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub mamlakat mudofaa va xavfsizlik kuchlari barcha sohalarda rivojlanish loyihalarini amalga oshirishda har qanday hamkorlik va ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini ta’kidladi.

oktabr oyi oxirida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurgandi. Tomonlar tovar ayirboshlash hajmini yiliga 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi. “Tolibon”, shuningdek, Afg‘oniston yuklarining O‘zbekiston orqali tranziti uchun to‘lovlarni kamaytirishni so‘ragan.