Jamiyat

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” asari o‘zbek tilida chop etildi
15 aprel 2024, 11:00

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” asari o‘zbek tilida chop etildi

Asaxiy Books va Xalq banki hamkorligida Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi.

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
15 aprel 2024, 10:31

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

16−17-aprel kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi xavfi ham mavjud.

Toshkent viloyatining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Talafot ko‘rilmagani aytilmoqda
15 aprel 2024, 09:46

Toshkent viloyatining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Talafot ko‘rilmagani aytilmoqda

Shanba kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir sababli Parkent tumanining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Suv hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqdi. Toshkent viloyati hokimligi hodisa oqibatida hech qanday talafot aniqlanmaganini bildirdi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Tel-Avivga va teskari yo‘nalishdagi bitta reysni bekor qildi
15 aprel 2024, 08:26

Uzbekistan Airways Toshkentdan Tel-Avivga va teskari yo‘nalishdagi bitta reysni bekor qildi

Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli 15-aprelga belgilangan Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY301/302 reysini bekor qildi.

Ko‘kdala tumani hokimining muqaddam sudlangan o‘rinbosari korrupsiyada gumonlanmoqda
14 aprel 2024, 18:45

Ko‘kdala tumani hokimining muqaddam sudlangan o‘rinbosari korrupsiyada gumonlanmoqda

15 mln so‘mni olayotgan vaqtda Ko‘kdala tumani hokimining muqaddam talon-toroj qilishda sudlangan o‘rinbosari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX. Shuningdek, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi (muqaddam sudlangan) ham qo‘lga olindi.

Chery Beijing International Automotive Show va Global Dealer Conference`da “Yangi energiya” taqdim etiladi
14 aprel 2024, 11:00

Chery Beijing International Automotive Show va Global Dealer Conference`da “Yangi energiya” taqdim etiladi

25−30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Chery Beijing International Automotive Show va Chery Global Dealer Conference doirasida Chery kompaniyasi rivojlanishning yangi strategiya, texnologiya va modellarini taqdim etadi.

Sobiq bosh vazir o‘rinbosari, jurnalist va yozuvchi Erkin Samandar olamdan o‘tdi
14 aprel 2024, 00:11

Sobiq bosh vazir o‘rinbosari, jurnalist va yozuvchi Erkin Samandar olamdan o‘tdi

O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari, jurnalist, yozuvchi, shoir va dramaturg Erkin Samandar 90 yoshida Urganchda vafot etdi.

Farg‘onada maktab o‘qituvchisi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklandi
13 aprel 2024, 23:51

Farg‘onada maktab o‘qituvchisi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklandi

Toshloq tumanidagi maktabda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisi bilan qarama-qarshilik sababli uning qarindoshlari tomonidan do‘pposlandi. Holat IIB nazoratiga olindi, tergov harakatlari boshlandi.

14-aprel kuni Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi avtomobillar uchun yopiladi
13 aprel 2024, 22:57

14-aprel kuni Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi avtomobillar uchun yopiladi

Toshkent shahrida 14-aprel kuni biatlon chempionati doirasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston ko‘chasining katta qismida transportlar harakati soat 6:00 dan 14:00 gacha to‘liq cheklanadi.

13-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
13 aprel 2024, 22:23

13-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Elektron sigaretalar importi uchun taqiq, poyezd dizayni loyihasi uchun 100 mln so‘mlik tanlov, Sidney tajribasi asosida obodonlashtiriladigan Toshkent mahallalari, suv toshqinlari sabab xalqaro forumni keyinga qoldirgan Toqаyev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Kimyo-texnologiya litseyi negizida yana maktab tashkil etish taklif etilmoqda — Yunusobod hokimi
13 aprel 2024, 21:46

Kimyo-texnologiya litseyi negizida yana maktab tashkil etish taklif etilmoqda — Yunusobod hokimi

Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev Akbarobod mahallasidagi 2007-yilda kimyo-texnologiya litseyi tasarrufiga o‘tkazilgan maktabni qaytarishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda binoning atigi 30 foizidan foydalanilmoqda.

Buxorodagi to‘yda 50 dan ortiq odam zaharlandi
13 aprel 2024, 21:45

Buxorodagi to‘yda 50 dan ortiq odam zaharlandi

Buxoro viloyatidagi to‘yda 53 kishi, jumladan, 13 nafar bola zaharlandi.

Toshkent shahrida bahorgi issiq suv ta’minotidagi uzilishlar jadvali e’lon qilindi
13 aprel 2024, 20:51

Toshkent shahrida bahorgi issiq suv ta’minotidagi uzilishlar jadvali e’lon qilindi

15-apreldan Toshkent shahri issiq suv ta’minotida to‘rt kunlik uzilishlar boshlanadi. Veolia Energy Tashkent jadvalni e’lon qildi.

Click va Ijtimoiy himoya milliy agentligi Inson Uchun xayriya platformasini taqdim qildi
13 aprel 2024, 17:00

Click va Ijtimoiy himoya milliy agentligi Inson Uchun xayriya platformasini taqdim qildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Click kompaniyasi tomonidan Inson Uchun xayriya platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. U xayriya qiluvchilar va xayriyaga muhtojlar o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
13 aprel 2024, 11:59

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Qiziriq tumanining sobiq hokimi Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimiga moliya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Shuningdek, Ziyoda Aminova Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.

O‘zbekistonda elektron sigaretalar importi va sotuvini taqiqlash taklif qilinmoqda
13 aprel 2024, 11:36

O‘zbekistonda elektron sigaretalar importi va sotuvini taqiqlash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini olib kirish va sotishni taqiqlash, shuningdek, ushbu cheklovlarni buzganlik uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab o‘quvchilari orasida elektron sigaretlardan foydalanish ko‘payganini qayd etmoqda.

Toshkentda Activist loyihasi muallifi YTHga uchradi
13 aprel 2024, 11:35

Toshkentda Activist loyihasi muallifi YTHga uchradi

Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov boshqaruvidagi BYD YTHga uchradi. Uning mashinasiga orqadan yuqori tezlikda kelgan Monza urilgan. YHXB hodisada jami 3 mashina ishtirok etgani, hech kimga jarohat yetmaganini ma’lum qildi.

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi
13 aprel 2024, 11:32

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi

Jizzaxda Yutong avtobusi Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi, to‘rt kishi, jumladan, Fransiya fuqarosi jarohatlandi.

O‘zbekistonda uch oyda qariyb 4500 kishi oiladagi zo‘ravonlik uchun sudlandi
13 aprel 2024, 11:23

O‘zbekistonda uch oyda qariyb 4500 kishi oiladagi zo‘ravonlik uchun sudlandi

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 4477 kishi oiladagi zo‘ravonlik moddalari bo‘yicha ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortildi.

O‘zbekistonda birinchi chorakda 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilgani uchun sudlandi
13 aprel 2024, 11:02

O‘zbekistonda birinchi chorakda 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilgani uchun sudlandi

Yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilishda ayblanib, sudlandi. Yana 40 kishi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilishda aybdor deb topildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting