dayjest

Toshkentda Activist loyihasi muallifi YTHga uchradi

Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov boshqaruvidagi BYD YTHga uchradi. Uning mashinasiga orqadan yuqori tezlikda kelgan Monza urilgan. YHXB hodisada jami 3 mashina ishtirok etgani, hech kimga jarohat yetmaganini ma’lum qildi.


dayjest

Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etganlarning uchovi ham xorij fuqarolari bo‘lgan

Qutqaruvchilar Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketgan erkakning jasadini topdi. U Xitoy fuqarosi bo‘lib chiqdi. Erkak suvga cho‘kib ketgan ayol va bola (Rossiya fuqarolari)ni qutqarishga uringan.


dayjest

O‘zbekistonda elektron sigaretalar importi va sotuvini taqiqlash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini olib kirish va sotishni taqiqlash, shuningdek, ushbu cheklovlarni buzganlik uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab o‘quvchilari orasida elektron sigaretlardan foydalanish ko‘payganini qayd etmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi uchun tanlov e’lon qilindi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi uchun tanlov e’lon qildi. G‘olib 100 mln so‘m mukofot oladi va uning ismining bosh harflari poyezdda aks ettiriladi.


dayjest

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Qiziriq tumanining sobiq hokimi Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimiga moliya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Shuningdek, Ziyoda Aminova Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.


dayjest

Tojikiston TIV “Krokus"dagi terakt gumonlanuvchilarining qiynoqqa solinishini qoraladi

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin Minskda bo‘lib o‘tgan MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida “Krokus"dagi teraktda gumonlanayotganlarning qiynoqqa solinishini qoraladi. “Bu yo‘l bilan olingan iqrorlarning bahosi hammaga yaxshi ma’lum”, — dedi u.


dayjest

Qozog‘istonda xorijliklar uchun benzin narxini oshirish reja qilinmoqda

Qozog‘iston Energetika vazirligi qo‘shni davlatlarga yonilg‘i chiqib ketishi va “kulrang” eksportning oldini olish maqsadida xorijliklar uchun benzin va dizel narxini oshirish bo‘yicha buyruq loyihasini tayyorladi.


dayjest

Navoiy viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar va Piskent tumaniga hokim v.b. tayinlandi

Rustam Sulaymonov Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Muzaffar Aripov esa Toshkent viloyatining Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.


dayjest

Toshkentda 19 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yunusobod tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 19 yoshli haydovchi 49 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.


dayjest

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi

Jizzaxda Yutong avtobusi Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi, to‘rt kishi, jumladan, Fransiya fuqarosi jarohatlandi.


dayjest

O‘zbekistonda birinchi chorakda 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilgani uchun sudlandi

Yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilishda ayblanib, sudlandi. Yana 40 kishi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilishda aybdor deb topildi.


dayjest

Ota bolalar ombudsmanining aralashuvidan so‘ng qiziga xorijga chiqishga ruxsat berdi

Erkak sportchi qiziga Osiyo o‘yinlarida qatnashish uchun chet elga chiqishiga ruxsat bermay, xorijga chiqish pasportini olishiga to‘sqinlik qilgach, bu ishga bolalar ombudsmani va boshqa idoralar aralashdi. Natijada ota qiziga bu jarayon uchun ruxsat berdi.


dayjest

O‘zbekistonda uch oyda qariyb 4500 kishi oiladagi zo‘ravonlik uchun sudlandi

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 4477 kishi oiladagi zo‘ravonlik moddalari bo‘yicha ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortildi.


dayjest

Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba qozondi

Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat hukmron partiyadan ancha ilgarilab ketib, g‘alaba qozondi. Saylovda ishtirok etish ko‘rsatkichi so‘nggi 32 yildagi eng yuqorisi bo‘ldi.


dayjest

Qasim-Jomart Toqayev suv toshqinlari sabab Ostona xalqaro forumini bekor qildi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatdagi suv toshqinlari fonida moliyaviy resurslarni tejash zarurati tufayli 13−14-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Ostona xalqaro forumini bekor qildi.


dayjest

“Toshkentdagi mahalla va ko‘chalar Sidney tajribasi asosida obodonlashtiriladi” — hokim Shavkat Umurzoqov

Toshkentdagi mahalla va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari Avstraliyaning Sidney shahri tajribasidan kelib chiqqan holda yagona me’yorlar bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan, dedi hokim Shavkat Umurzoqov. U “nafaqat shahar markazida, balki chekka mahallalarda ham ideal sharoit bo‘lishi kerak"ligini aytdi.


dayjest

Toshkent shahrida bahorgi issiq suv ta’minotidagi uzilishlar jadvali e’lon qilindi

15-apreldan Toshkent shahri issiq suv ta’minotida to‘rt kunlik uzilishlar boshlanadi. Veolia Energy Tashkent jadvalni e’lon qildi.