25−30-aprel kunlari Chery Beijing International Automotive Show va Chery Global Dealer Conference bo‘lib o‘tadi, unda Chery kompaniyasining yangi rivojlanish strategiyalari, texnologiyalari va modellari taqdim etiladi.

Mazkur tadbirlarning asosiy mavzusi — New Energy, New Eco, New Era (“Yangi energiya, yangi ekologiya, yangi davr”). Tadbirlarda Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ham ishtirok etadi.

adm-chery-global, реклама

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida yangi davrni shakllantirishda yo‘lboshchi bo‘lgan Chery kompaniyasi o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin avtonom tarzda ultra yuqori unumdorlikka ega gibrid quvvat agregatlari va transmissiyalarni, shuningdek, gibrid va sof elektrda ishlovchi modellarni yaratish orqali yangi energiya yo‘liga kirishdi. Chery Automobile Xitoy avtomobillarining jozibadorligi va Xitoy intellektual ishlab chiqarishining murakkabligini global miqyosda ta’kidlab, yangi energetika sektorida o‘zining strategik mavqeini izchil mustahkamlamoqda.

Chery Beijing International Automotive Show`da o‘zining so‘nggi yutuqlarini taqdim etadi va bir vaqtning o‘zida Global Dealer Conference`ni o‘tkazadi. New Energy, New Eco, New Era (“Yangi energiya, yangi ekologiya, yangi davr”) mavzusi — Chery kompaniyasining yangi energetika texnologiyalari sohasidagi innovatsiyalarini aks ettiribgina qolmay, avtomobilsozlik sanoatining kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari haqida ham chuqur tasavvur hosil qiladi.


Yangi energiyada ishlovchi avtomobillar sanoati rivojlanib borayotgani sayin, texnologik innovatsiyalar, diversifikatsiyalangan energiya landshaftining rivojlanishi va doimiy ravishda o‘sib borayotgan bozorni egallash darajasi dunyo avtomobillari sektoridagi “yashil inqilob”ning katalizatori bo‘lmoqda. 2023-yilda yangi energiyada ishlovchi transport vositalarining global sotuvlari 14,653 mln donaga yetdi, bu esa yiliga 35,4 foizlik o‘sish sodir bo‘lganidan dalolat beradi. Prognozlar shuni ko‘rsatadiki, 2024-yilga kelib yangi energiya bilan ishlaydigan avtomobillarning global sotuvlari 18 mln donadan oshadi, ularning global joriy etilish darajasi esa hayratlanarli 46 foizga yetadi.

Chery brendi Green Technology, Family, Companionship (“Yashil texnologiyalar, oila, hamrohlik”) konsepsiyasiga doimo amal qilib, “ekologik tozalik va past uglerodlilik”ni muhim strategik yo‘nalishiga aylantirgan. Kompaniya barqaror rivojlanish texnologik yo‘nalishlarini doimiy ravishda o‘rganmoqda, butun ishlab chiqarish zanjiri va hayotiy sikli uchun uglerod gazi chiqarilishini kamaytirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqmoqda. QPower esa Chery`ning kelajakdagi yashil ekotizimni yaratish haqidagi qarashlarini namoyish etib, ishlab chiqarishda energiya sarfini kamaytirishga erishgan.

adm-chery-global, реклама

QPower — bu Chery 4.0 ning keng qamrovli arxitekturasi bo‘lib, 26 yillik quvvat agregatlari texnologiyalari to‘planishi va takomillashtirilishining cho‘qqisi hisoblanadi. QPower Strong and Swift (“kuchli va tezkor”), Efficient and Green (“samarali va ekologik toza”), High-energy and Intelligent (“yuqori energiyali va intellektual”) kabi energiyaviy afzalliklarga ega bo‘lgan ICE (ichki yonish dvigateli), PHEV (qo‘shiluvchi elektromobilning gibridi), BEV (akkumulyatorli elektromobil) kabi asosiy energiya turlarini qamrab oladi. QPower`ning texnologik ustunligi uni nafaqat Xitoy avtomobil sanoati yetakchilaridan qildi, balki global avtomobil sanoatida ham muhim afzalliklardan biriga ega.

Chery kompaniyasining yangi energetika texnologiyalari sohasidagi yutuqlari nafaqat yuqori unumdorlikni ta’minlaydi, balki xavfsizlik sohasidagi chuqur texnik mahoratini ham ta’kidlaydi. Yuqori mahsuldorlik va energiyaviy samaradorlikka asosiy e’tiborni qaratgan holda Chery foydalanuvchilarga keng qamrovli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etib, xavfsizlikka bo‘lgan sodiqlikni saqlab kelmoqda.

Chery`ning energiyada ishlovchi yangi avtomobillari turli boshqaruvssenariylarida yo‘lovchilarni har tomonlama himoya qilishni ta’minlaydigan ilg‘or, faol va passiv xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan avariya sinovlarida ajoyib natijalarni qayd etdi. Bundan tashqari, Chery avtomobillari to‘qnashuv ssenariylarida jiddiy sinovlar va baholashlardan o‘tkazilib, avariya sodir bo‘lgan taqdirda yo‘lovchilarning maksimal xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuzovning dizayni va xavfsizlik konfiguratsiyasi doimiy ravishda optimallashtirib boriladi.

adm-chery-global, реклама

New Energy (“Yangi energiya”) — bu nafaqat Chery avtomobillari uchun yo‘nalishdir, balki butun jahon avtomobil sanoati uchun kelajakka umumiy nazar hisoblanadi. Aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Beijing International Automotive Show va Chery Global Dealer Conference arafasida Chery modellari qatoridan yanada qiziqarli yangiliklar intiqlik bilan kutilmoqda. Chery oldinga intilib, tadqiqot va ishlanmalarga investitsiyalarni ko‘paytirish, doimiy innovatsiyalar kiritish va butun dunyo bo‘ylab iste’molchilarga yangi energiyada ishlaydigan yuqori sifatli, ekologik va intellektual avtomobillarini taklif qilish qaroriga sodiq qolgan.

Telefon raqami: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.