Jamiyat

Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi
23 iyul 2024, 23:31

Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi

Davlat tomonidan bir qator ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ijtimoiy karta orqali amalga oshiriladi. 2025-yil 1-apreldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxs, talaba yoki urush qatnashchisining holatini tasdiqlash aynan shu karta orqali bo‘ladi, tegishli guvohnomalarning qog‘oz shakli bekor qilinadi.

23-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
23 iyul 2024, 22:47

23-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekistonning yangi turizm brendi uchun tanlov, infoqalloblarga qarshi qonun, tartibga keltirilayotgan psixologlik faoliyati, Mudofaa vazirligining yangi harbiy transportlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Samarqandda qurilish kompaniyasi 31 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi
23 iyul 2024, 21:19

Samarqandda qurilish kompaniyasi 31 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi

Samarqand shahridagi bog‘chada qo‘shimcha bino qurish vaqtida 30 tup qimmatbaho, 1 tup kam qimmatli daraxtni kesib tashlagan korxona tabiatga 260 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Poytaxt hokimligi Kulolchilik bog‘i konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda
23 iyul 2024, 17:54

Poytaxt hokimligi Kulolchilik bog‘i konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Poytaxt hokimligi va “Toshkent invest” kompaniyasi shahar aholisini Mirobod tumanidagi Kulolchilik bog‘i konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok etishga chaqirdi.

Deputatlar infoqalloblarga qarshi kurashish bo‘yicha qonun qabul qildi
23 iyul 2024, 16:49

Deputatlar infoqalloblarga qarshi kurashish bo‘yicha qonun qabul qildi

O‘zbekiston deputatlari aldov yo‘li bilan pul ishlab olmoqchi bo‘lgan “soxta trener va lektorlar”ning ma’ruzalari ko‘paygani sababli ma’rifiy faoliyatni tartibga solish bo‘yicha qonun qabul qildi. Deputatning aytishicha, bunday tadbirlar, jumladan, ko‘pxotinlilik, jinsiy kamsitish va feminizmni targ‘ib qiladi.

Professor Abdulaxat Qahhorov Toshkentdagi xonadonida o‘ldirib ketildi
23 iyul 2024, 16:32

Professor Abdulaxat Qahhorov Toshkentdagi xonadonida o‘ldirib ketildi

Professor, sotsiologiya fanlari doktori Abdulaxat Qahhorov Toshkentdagi xonadonidan o‘lik holda topildi. Bosh prokuratura gumonlanuvchi qo‘lga olinganini ma’lum qildi va qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyatida 19 yoshli qiz salbiy izoh yozgan viloyatliklarni haqoratlagani uchun 10 sutkaga qamaldi
23 iyul 2024, 16:26

Toshkent viloyatida 19 yoshli qiz salbiy izoh yozgan viloyatliklarni haqoratlagani uchun 10 sutkaga qamaldi

Toshkent viloyatida 19 yoshli qiz Instagram’da salbiy fikr bildirgan kuzatuvchilariga javob tariqasida behayo so‘zlar bilan viloyatliklarni haqorat qildi. Sud unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Bu iyul oyining o‘zida viloyatliklarni haqorat qilganlarga chora ko‘rish bilan bog‘liq 3-holatdir.

Tegishli malakaga ega bo‘lmay turib psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
23 iyul 2024, 13:38

Tegishli malakaga ega bo‘lmay turib psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekistonda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval psixologiya mutaxassisligi uchun qayta tayyorlovdan o‘tish kerakligi belgilanmoqda. Psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ushbu faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari zirhli “Arslon” transportyori va “Tarlon” mashinasini sinovdan o‘tkazmoqda
23 iyul 2024, 13:04

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari zirhli “Arslon” transportyori va “Tarlon” mashinasini sinovdan o‘tkazmoqda

Mudofaa vazirligi mahalliy ishlab chiqaruvchining zirhli “Arslon” transportyori va “Tarlon” mashinasini sinovdan o‘tkazmoqda. Ular tez orada mamlakat qo‘shinlariga yetkaziladi. Transportyor yuqori aniqlikda o‘t ochishga mo‘ljallangan, “Tarlon” esa ekipaj va qo‘shinlarni o‘qotar qurollardan himoya qiladi. (foto, video)

Samarqandda So‘g‘d madaniyatiga oid ibodatxona va noyob devoriy suratlar topildi. Foto
23 iyul 2024, 12:20

Samarqandda So‘g‘d madaniyatiga oid ibodatxona va noyob devoriy suratlar topildi. Foto

Samarqand arxeologiya instituti xodimlari Urgutdagi Qo‘rg‘ontepa yodgorligidan VII-VIII asrlarga oid ibodatxona o‘rni va devoriy suratlarni topdi. Hozirda qazuv ishlari davom etmoqda. Devoriy suratlarni saqlash va nusxa ko‘chirish ishlari boshlandi.

22-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
22 iyul 2024, 22:56

22-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

OTMlarga kirishda davlat granti uchun qabul kvotalari, vazir bilan reklama roligi sabab jarimaga tortilgan kiyim do‘koni, yaqin qarindoshlar nikohini taqiqlash taklifi, ikkita shamol elektr stansiyasini qisman sotgan ACWA Power va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent viloyatida 1 mlrd so‘mlik sintetik moddalar muomalasiga chek qo‘yildi
22 iyul 2024, 22:47

Toshkent viloyatida 1 mlrd so‘mlik sintetik moddalar muomalasiga chek qo‘yildi

Toshkent tumanidagi tezkor tadbirda 22 yoshli shaxs mashinasida taxminiy narxi 1 mlrd so‘m bo‘lgan 1,4 kg mefedron sintetik moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryo daryosidan noqonuniy qum qazib olinishi oqibatida tabiatga 6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
22 iyul 2024, 21:09

Qashqadaryo daryosidan noqonuniy qum qazib olinishi oqibatida tabiatga 6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologlar ikki holatda Qashqadaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy tarzda qum qazib olinganini aniqladi. Umumiy hisobda tabiatga 6,3 mlrd so‘m zarar yetgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Qibrayda mayning ferma tashkil qilib, 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi
22 iyul 2024, 20:08

Qibrayda mayning ferma tashkil qilib, 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Qibray tumanida uyidagi 8 to‘plam mayning qurilmasini umumfoydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi. Shu kabi holat Yuqori Chirchiq tumanida ham aniqlandi.

Yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar nikohini taqiqlash taklif qilinmoqda
22 iyul 2024, 19:34

Yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar nikohini taqiqlash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajadagi yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash rejalashtirilmoqda. 2023-yilda tug‘ma nuqson va irsiy kasalliklar bilan tug‘ilgan bolalarning 9,7 foizi yaqin qarindoshlar o‘rtasida bo‘lgan.

Sirdaryoda QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirgan sotuvchi 15 sutkaga qamaldi
22 iyul 2024, 17:54

Sirdaryoda QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirgan sotuvchi 15 sutkaga qamaldi

Gulistonda QR-kodli chek so‘ragan 12 yoshli bolaga tarsaki tushirgan do‘kon sotuvchisi 15 sutkaga qamaldi. Avvalroq Soliq qo‘mitasi raisi “chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas” deya bolaga minnatdorchilik bildirgandi.

Madaniyat vaziri ishtirokida reklama olgan kiyim do‘koni jarimaga tortildi
22 iyul 2024, 17:33

Madaniyat vaziri ishtirokida reklama olgan kiyim do‘koni jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov reklama qilgan kiyim do‘konini “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzgan deb topdi. Bunda vazirning xatti-harakatlarida qonun buzilishi aniqlanmadi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli o‘gay qiziga muntazam zo‘ravonlik qilib kelgan ayolga hukm o‘qildi
22 iyul 2024, 17:02

Toshkent viloyatida 13 yoshli o‘gay qiziga muntazam zo‘ravonlik qilib kelgan ayolga hukm o‘qildi

Zangiota tumanida ayol bir yil davomida 13 yoshli o‘gay qizini do‘pposlab va o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tan jarohatlari yetkazib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Jumagacha O‘zbekistonning 4 viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
22 iyul 2024, 16:04

Jumagacha O‘zbekistonning 4 viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

Seshanbadan jumagacha Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.

Akademik litseylarga kirish imtihonlari 25−26-iyul kunlari o‘tkaziladi
22 iyul 2024, 16:00

Akademik litseylarga kirish imtihonlari 25−26-iyul kunlari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari 25 va 26-iyul kunlari o‘tkaziladi. Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlash bo‘yicha bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting