O‘zgidromet 16−17-aprel kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Mazkur ogohlantirish amal qiladigan hududlar:

  1. Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;
  2. Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari;
  3. Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
  4. Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
  5. Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
  6. Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlari;
  7. Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
  8. Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududi;
  9. Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi agentlik.

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir sababli Parkent tumanining So‘qoq qishlog‘iga sel kelgandi. Suv hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqqan. Toshkent viloyati hokimligi hodisa oqibatida hech qanday talafot aniqlanmaganini bildirdi.