Jamiyat

Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi
8 aprel 2024, 19:58

Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi 10-aprel, chorshanba Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlarini e’lon qildi.

O‘zgidromet 6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi
8 aprel 2024, 19:39

O‘zgidromet 6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi

9−15-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli 6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transporti soat 4:00 dan ish boshlaydi
8 aprel 2024, 16:23

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transporti soat 4:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti kuni Toshkentda avtobus va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Dam olish kunlari esa yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

“Xodimlarning ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning muvaffaqiyatiga bog‘liq”. Enter Engineering — quruvchilarning ish haqi kechikayotgani haqida
8 aprel 2024, 15:43

“Xodimlarning ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning muvaffaqiyatiga bog‘liq”. Enter Engineering — quruvchilarning ish haqi kechikayotgani haqida

Enter Engineering xodimlari ish haqi kechikayotganidan shikoyat qilmoqda, Olmaliqdagi 3-MBF ishchilari uch oydan beri maosh olmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya vaziyatga izoh berib, fevral oyi uchun maosh to‘laganini, ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning natijasiga bog‘liq ekanini ma’lum qildi.

Buxoroda kursdoshlarini o‘z ofisiga maishat uchun chaqirgan inspeksiya boshlig‘i ishdan olinadi
8 aprel 2024, 14:13

Buxoroda kursdoshlarini o‘z ofisiga maishat uchun chaqirgan inspeksiya boshlig‘i ishdan olinadi

Buxoro viloyatida qurilish inspeksiyasi boshlig‘i tug‘ilgan kunida kursdoshlarini bazm uchun o‘z ofisiga chaqirgani ortidan lavozimidan ozod etiladigan bo‘ldi. Tug‘ilgan kunni, xususan, spirtli ichimliklar bilan nishonlash taklif qilingan.

Gaz ballon o‘rnatilgan 300 tadan ortiq avtobus texnik sinovdan o‘tkazilmagan holda odam tashib yurgani ma’lum bo‘ldi
8 aprel 2024, 13:03

Gaz ballon o‘rnatilgan 300 tadan ortiq avtobus texnik sinovdan o‘tkazilmagan holda odam tashib yurgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 300 tadan ortiq avtobus 2018-yildan beri texnik sinovdan o‘tkazilmagan holda odam tashib yurgani ma’lum bo‘ldi. Shu yuzasidan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxonov bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatovga senator so‘rovini yubordi.

Bakalavr talabasidan global IT mutaxassisigacha: nega IT Park University`ni tanlash kerak?
8 aprel 2024, 13:00

Bakalavr talabasidan global IT mutaxassisigacha: nega IT Park University`ni tanlash kerak?

IT Park University abituriyentlarga “Dasturiy ta’minot muhandisligi” sohasida o‘qishni hamda qo‘shimcha beshta amaliy mutaxassislikdan birini o‘zlashtirishni taklif qilmoqda.

Ramazon hayiti 10-aprelga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda — Musulmonlar idorasi
8 aprel 2024, 12:43

Ramazon hayiti 10-aprelga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda — Musulmonlar idorasi

Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Hayit kunlari harorat +30 darajagacha ko‘tariladi
8 aprel 2024, 11:25

Hayit kunlari harorat +30 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda seshanba kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi. 10−11-aprelda esa respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +22…+27 darajagacha, janubda +30 darajagacha ko‘tariladi. 12−14-aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

ANORBANK uchta BYD E2 elektromobili qo‘yilgan sovrinli o‘yinni o‘tkazmoqda
8 aprel 2024, 11:00

ANORBANK uchta BYD E2 elektromobili qo‘yilgan sovrinli o‘yinni o‘tkazmoqda

7-iyulgacha ANORBANK`da yangi omonat ochgan mijozlar Bayramona aksiyasi doirasida uchta BYD E2 elektromobilidan birini yutib olishlari mumkin.

Xorijda ishlovchilarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish uchun kompensatsiya beriladi
8 aprel 2024, 10:52

Xorijda ishlovchilarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish uchun kompensatsiya beriladi

1-iyundan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish, “ishchi viza”ni rasmiylashtirish va yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qisman qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.

Ohangaron shahridagi tug‘uruqxonada ayol va uning homilasi nobud bo‘ldi
8 aprel 2024, 10:02

Ohangaron shahridagi tug‘uruqxonada ayol va uning homilasi nobud bo‘ldi

Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi tug‘uruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bor ayolning ahvoli og‘irlashib, vafot etdi. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.

Toshkentga to‘rt vagonli yana 2 ta metro poyezdi keltirildi
8 aprel 2024, 09:47

Toshkentga to‘rt vagonli yana 2 ta metro poyezdi keltirildi

Toshkent metrosi tarkibiga to‘rt vagonli yana 2 ta metro poyezdi qo‘shildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach yo‘nalishlarga chiqariladi. May oyida yana shunday 3 ta metro poyezdi olib kelish reja qilingan.

Toshkent va Samarqand shaharlarida pora olishda gumonlangan advokatlar ushlandi
7 aprel 2024, 11:26

Toshkent va Samarqand shaharlarida pora olishda gumonlangan advokatlar ushlandi

Toshkent shahrida Bekobod tumanlararo sudining sobiq sudyasi va firma yuristi fuqarodan 75 ming dollar, boshqa holatda yana bir adkovat 17 ming dollar olishda gumonlanib ushlandi. Samarqandda esa shahar advokatlik hay’ati advokati 1,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Toshkent shahrida 3 oyda mingdan ortiq ayol fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlandi
6 aprel 2024, 20:51

Toshkent shahrida 3 oyda mingdan ortiq ayol fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlandi

Toshkent shahri IIBBning ma’lum qilishicha, yanvar-mart oylarida 1068 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olindi. 209 kishiga nisbatan qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Zaxiradagi 60 ming gektar yer onlayn auksion orqali yoshlarga ijaraga beriladi
6 aprel 2024, 15:36

Zaxiradagi 60 ming gektar yer onlayn auksion orqali yoshlarga ijaraga beriladi

O‘zbekistonda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi.

Qirg‘iziston va Tojikistondan olib kelingan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi
6 aprel 2024, 13:52

Qirg‘iziston va Tojikistondan olib kelingan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Ulardan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi.

Toshkent shahri va viloyatidagi haydovchilar yo‘llarda harbiy texnikalar harakatidan ogohlantirildi
6 aprel 2024, 12:11

Toshkent shahri va viloyatidagi haydovchilar yo‘llarda harbiy texnikalar harakatidan ogohlantirildi

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quvlar boshlangani munosabati bilan poytaxt va Toshkent viloyatining belgilangan marshrutlari bo‘yicha harbiy texnikalar harakatlanadi. Haydovchilardan yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.

Qashqadaryodagi maktabda 15 yoshli o‘quvchi kaltaklanishi sabab umurtqasi sindi. Maktab direktori ishdan olindi
6 aprel 2024, 10:28

Qashqadaryodagi maktabda 15 yoshli o‘quvchi kaltaklanishi sabab umurtqasi sindi. Maktab direktori ishdan olindi

Qarshi tumanidagi 55-maktabda o‘smir kaltaklanishi oqibatida umurtqasi singan. O‘quvchiga birinchi yordam ko‘rsatilmagani va IIBga murojaat qilinmagani uchun maktab direktori ishdan olindi.

Toshkentda mozaikali binodagi reklama banneri olib tashlandi (+foto)
6 aprel 2024, 00:50

Toshkentda mozaikali binodagi reklama banneri olib tashlandi (+foto)

Mart oyida qabul qilingan qaror bilan endi mozaik pannolar madaniy meros obyektlari hisoblanadi, ular chizilgan binolarga esa reklama bannerlari o‘rnatish taqiqlanadi. Shu sababli 5-aprel kuni Mirobod ko‘chasida joylashgan mozaikali binodan reklama banneri olib tashlandi. Foto.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting