Dunyoda har yili 8 mln nafardan ortiq odam tamaki iste’moli tufayli vafot etadi. Bu giyohvandlikka urushlar ortidan qurbon bo‘ladiganlar sonidan ham bir necha barobar ko‘p. Shunga qaramay, nega chekuvchilar — o‘smirlardan tortib qariyalargacha — bila turib bu zararli odatni tashlay olmasligi haqida Allen Karr “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” asarida o‘z hulosalari bilan o‘rtoqlashdi.

Odatda bunga sabab qilib tananing nikotinga qaramligi ko‘rsatiladi. Ammo chekish jismoniy emas, balki psixologik tobelikdir. “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi chekishni tashlashning psixologik tomonlarini ochib beradi. Unda quruq qo‘rqitish va targ‘ibot emas, balki yillar davomida sinalgan samarali maslahatlar jamlangan.

Chekishdan oson qutulish sirlari haqida

Muallif iroda kuchiga tayanadigan an’anaviy usullarga qarshi chiqib, o‘z usulini fikrlash tarzini tubdan o‘zgartirish asosida shakllantiradi. “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobxonlarga chekishni tashlashga qurbonlik emas, balki ozodlik sifatida qarashga imkon beradi.

Muallifning o‘zi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram bo‘lgan. U o‘zi taklif etayotgan yo‘l bilan kuniga 60−100 dona sigaret tutatishdan butunlay chekmaslik darajasiga kela oladi. So‘ng amalda ish bergan barcha tavsiyalarni jamlab, chekishni tashlashning oson yo‘lini bir kitobga aylantiradi. Bu usul hozirgacha 50 mln insonga sigaretga qaramlikdan qutulishga yordam bergan.

Kitobning ikkita muhim afzalligi:

  • og‘riqsiz qutulish — kitob sababli chekishdan og‘riqsiz va ruhiy qiyinchiliklarsiz xalos bo‘lish mumkin;

  • uzoq muddatli muvaffaqiyat — kitobdagi usullar chekishdan bir urinishda butunlay voz kechishga yordam beradi.

“Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” bir necha yillik chekuvchilardan tortib vaqti-vaqti bilan sigaret chekadigan odamlarga ham tamakidan voz kechishga yordam beradi. Kitobda chekishni iroda kuchidan foydalanmasdan tashlashning yo‘li ko‘rsatilgan. Bu usul og‘riqsiz, arzon va psixologik jihatdan samarali ekani millionlab insonlar tajribasida isbotlangan.

Chekishning global epidemiyasi salomatlik va farovonlikka jiddiy zarar yetkazishda davom etar ekan, sigaretni tashlashning samarali usuliga bo‘lgan ehtiyoj hech qachon hozirgidek dolzarb bo‘lmagan. Bu kitob orqali Allen Karr qaramlikdan qutulish va sog‘lom hayotga qaytish yo‘lini ko‘rsatib bergan. O‘zi kashandalikdan samarali qutulgan muallif yana minglab insonlarga yordam berishni niyat qilgan.

asaxiy books, реклама

Kitob Asaxiy Books va Xalq banki hamkorligida chop etildi. Bank ko‘magi jamiyat uchun yana bir foydali kitob chiqishida muhim rol o‘ynadi. Kitobni tayyorlashda tarjimon, muharrirlar, korrektorlardan iborat mutaxassislar jamoasi ishlagan. Matn sakkiz bosqichli sifat nazoratidan o‘tgan va qattiq muqovada chop etilgan.

“Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi hozirda Asaxiy.uz internet do‘konida sotilmoqda va O‘zbekistonning istalgan hududiga yetkazib beriladi.

Quyidagi havola orqali kitob haqida ma’lumot olish hamda unga buyurtma berish mumkin.

Asaxiy.uz saytida kitoblardan tashqari maishiy texnika, elektronika vositalari, kompyuter jihozlari, smartfonlar va gadjetlar ham sotiladi. Qulaylik uchun onlayn muddatli to‘lov xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Reklama huquqlari asosida.