12-aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Activist loyihasi muallifi, bloger Hojiakbar Nosirov boshqaruvida bo‘lgan BYD avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, u 61 km/soat tezlikda ketayotganida orqasidan bir yo‘nalishdagi Monza yuqori tezlikda uning mashinasiga urilgan. Hojiakbar Nosirovning o‘ziga jarohat yetmagan, mashina texnik shikastlangan.

Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, soat 22:20 atrofida Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 19 yoshli haydovchi I.Q. boshqaruvidagi Monza, 27 yoshli Hojiakbar Nosirov boshqaruvidagi BYD va 31 yoshli A.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtomashinalari to‘qnashgan.

YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.