Jamiyat

BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida O‘zbekistondagi uch viloyatning 150 dan ortiq mahallasida yangi ijtimoiy obyektlar quriladi
18 aprel 2024, 01:11

BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida O‘zbekistondagi uch viloyatning 150 dan ortiq mahallasida yangi ijtimoiy obyektlar quriladi

BMTTD va IMV O‘zbekiston qishloq hududlarini rivojlantirish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida 2024−2028-yillarda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryoning 21 tumanidagi 157 ta mahallada ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish va kapital ta’mirlashni rejalashtirgan. Loyiha qiymati — 293,5 mln dollar.

17-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
17 aprel 2024, 23:23

17-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekistonlik kursantlarga mashg‘ulot o‘tagan NATO, elektr va gazdan nooqilona foydalanganlik uchun jazo, ekskavatorda daraxtni qo‘porib olgan niqoblilar, dorixonalardan qaytarib olingan “Rinotin kids” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Rinotin kids” siropi ruxsatnomasi bekor qilinib, dorixonalardan qaytarib olindi
17 aprel 2024, 17:59

“Rinotin kids” siropi ruxsatnomasi bekor qilinib, dorixonalardan qaytarib olindi

Sanepidqo‘mita ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida “Rinotin kids” biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnomalarni bekor qildi. Respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardan siropni qaytarib olish topshirig‘i berildi.

Toshkentda fuqaro profilaktika inspektorini pichoqladi
17 aprel 2024, 16:21

Toshkentda fuqaro profilaktika inspektorini pichoqladi

Yangihayot tumanida janjal bo‘layotgan xonadonga borgan profilaktika inspektorini mast holdagi uy egasi pichoqladi. IIB xodimiga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Holat bo‘yicha uy egasiga jinoyat ishi ochildi.

Endi Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov jo‘nashiga 1 soat qolganda tugaydi
17 aprel 2024, 15:12

Endi Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov jo‘nashiga 1 soat qolganda tugaydi

Uzbekistan Airways endi xalqaro aviaqatnovlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov jo‘nashiga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatilishini e’lon qildi.

Surxondaryoda attraksion trosi uzilib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi
17 aprel 2024, 14:36

Surxondaryoda attraksion trosi uzilib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Termiz shahridagi Bolajon madaniyat va istirohat bog‘ida attraksion trosi uzilib ketishi sababli 2 qiz va 2 ayol jarohatlandi. Ulardan 2 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi attraksion mavsum oldidan sinovdan o‘tkazilmaganini bildirdi.

Toshkentda niqobli shaxslar tunda ekskavator yordamida daraxtni qo‘porib oldi
17 aprel 2024, 11:59

Toshkentda niqobli shaxslar tunda ekskavator yordamida daraxtni qo‘porib oldi

Yunusobod tumanida kechasi bir guruh niqobli shaxslar davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida bir tup safora daraxtini qo‘porib oldi. Ekologiya vazirligi ularning shaxsini aniqlashtirish ishlari ketayotgani, daraxt esa to‘yintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda qayta ekilganini bildirdi.

Toshkentda o‘quvchisi tok urishidan vafot etgan maktabning direktori va uning o‘rinbosariga hukm o‘qildi
17 aprel 2024, 11:39

Toshkentda o‘quvchisi tok urishidan vafot etgan maktabning direktori va uning o‘rinbosariga hukm o‘qildi

O‘tgan yili Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘quvchining elektr toki urishi oqibatida vafot etgani ortidan maktab ma’muriyatiga sud hukmi chiqarildi. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 4 yilga qamaldi, direktorga esa 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi berildi.

Toshkent metrosida qizga shilqimlik qilgan yana bir yigit 5 sutkaga qamaldi
17 aprel 2024, 10:05

Toshkent metrosida qizga shilqimlik qilgan yana bir yigit 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda metro vagoni ichida qizning beldan pastki qismiga teginib, shilqimlik qilgan 25 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. Ayblanuvchi sudda tiqilinchda qizga bilmay tegib ketganini aytdi. Qiz yigit bu ishni qilayotganida qo‘lidan ushlab olganini va gaplashib olmoqchi bo‘lganida yigit qochib ketganini bildirdi.

“Davlat o‘z funksiyalarini quruvchi kompaniyalarga yuklamasligi kerak”. Ko‘chmas mulk bo‘yicha ekspert — Toshkentni rivojlantirish haqida
17 aprel 2024, 09:45

“Davlat o‘z funksiyalarini quruvchi kompaniyalarga yuklamasligi kerak”. Ko‘chmas mulk bo‘yicha ekspert — Toshkentni rivojlantirish haqida

Toshkentning o‘sish sur’atlari transport va ekologiya bilan bog‘liq muammolarni yanada kuchaytirmoqda. Denis Sokolov “Gazeta.uz” bilan suhbatda davlat uchun xatarlarni yumshatish, aholi uchun ularning oldini olish yo‘llari hamda toshkentliklarni jamoat transportiga o‘tkazish nega qiyin kechishi haqida so‘z yuritdi.

Dubayda oilaviy hordiq: bolalar bilan qayerlarga borish va nimalar bilan shug‘ullanish mumkin?
17 aprel 2024, 09:00

Dubayda oilaviy hordiq: bolalar bilan qayerlarga borish va nimalar bilan shug‘ullanish mumkin?

Dubayning Iqtisodiyot va turizm departamenti oilaviy hordiq uchun tashrif buyurish mumkin bo‘lgan qiziq va hayratga soluvchi joylar haqida ma’lumot berdi.

Fotosessiya saroyiga aylangan amir qabulxonasi. Uni Abdulahadxon Rossiya imperatorini kutib olish uchun qurdirgan edi
17 aprel 2024, 08:30

Fotosessiya saroyiga aylangan amir qabulxonasi. Uni Abdulahadxon Rossiya imperatorini kutib olish uchun qurdirgan edi

Buxoroga poyezdda yo‘l olgan kishi uning “yo‘ldoshi” — Kogonga borib tushadi. Vokzaldan chiqishingiz bilan, sizni Buxoro amiri qurdirgan uch qavatli muhtasham majmua — Kogon saroyi qarshi oladi. “Gazeta.uz” muxbiri saroyda bo‘lib, uning o‘tmishi va hozirgi ahvoli bilan tanishdi.

Toshkentda yana bir mozaikali bino reklama bannerlaridan tozalandi (+foto)
17 aprel 2024, 03:46

Toshkentda yana bir mozaikali bino reklama bannerlaridan tozalandi (+foto)

Toshkent shahri Beruniy-1 massivida mozaika chizilgan binodan reklama bannerlari olib tashlandi. Bu mozaik pannolar madaniy meros obyektlari qatoriga qo‘shilganidan buyon yuz bergan bu kabi kamida ikkinchi holat. Foto.

Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
17 aprel 2024, 03:20

Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi imtiyozli kredit maqsadli yo‘naltirilmagani yuzasidan fuqaroga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 5 ming dollar pora olayotganda ushlandi. Unga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
17 aprel 2024, 02:49

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

16-aprel yarim tunda Toshkentning Shayhontoxur tumanida 5 ta mashina ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi. Jarohat olganlar yo‘q. YHXB surishtiruv ishlarini boshladi.

16-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
16 aprel 2024, 23:50

16-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Elektr va gaz uchun yangi tariflar, energoresurslar iste’moli bo‘yicha ijtimoiy norma, Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya, O‘zbekistonga ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan Ukraina korxonalari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘quvchilar xorijga chiqishdan avval maktab direktorini ogohlantirishi kerakligi taklif etilmoqda
16 aprel 2024, 17:02

O‘quvchilar xorijga chiqishdan avval maktab direktorini ogohlantirishi kerakligi taklif etilmoqda

Maktab vazirligi o‘quvchilar xorijga chiqishda maktab direktorini ogohlantirishi kerakligi nazarda tutilgan buyruq loyihasini muhokamaga qo‘ydi. O‘zgartirish maqsadi sifatida xorijga ogohlantirmasdan yoki vaqtincha chiqib ketib, qaytib kelmagan o‘quvchilar bilan ishlashni samarali yo‘lga qo‘yish ekani qayd etilgan.

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani aniqlandi
16 aprel 2024, 15:05

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani aniqlandi

Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf rahbari xato qilgan o‘quvchilarini jazolash uchun qo‘llariga igna va “samorez” sanchgani aytilmoqda. Holat 2023−2024-o‘quv yili boshidan buyon takrorlanib kelgan. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va o‘qituvchi ishdan olinganini bildirdi.

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
16 aprel 2024, 14:05

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Ota-onalari bo‘lmagan va yordamga muhtoj jami 17 nafar bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Ular yaqin qarindoshlariga yoki maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi.

Nukusdan Istanbulga aviaqatnovlar 3-iyundan boshlab yo‘lga qo‘yiladi
16 aprel 2024, 12:34

Nukusdan Istanbulga aviaqatnovlar 3-iyundan boshlab yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 3-iyundan boshlab Nukus-Istanbul-Nukus yo‘nalishida aviareyslarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Qatnovlar haftaning har dushanba kuni amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting