29 va 30-noyabr kunlari Toshkentning Uchtepa, Yakkasaroy, Bektemir tumanlaridagi arim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.

Bunga qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Uchtepa tumanida 29-noyabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha:

  • 13-mavzedagi 6 ta ko‘p qavatli uylar, 480 ta yerli xonadonlarda;
  • Ulgurji iste’molchilar — 2 ta.

Yakkasaroy tumanida 30-noyabr 11:00 dan 17:00 gacha:

  • Qushbegi mahallasi;
  • Meros mahallasi;
  • To‘qimachi mahallasi;
  • Muhandislar mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 42 ta.

Bektemir tumanida 30-noyabr 10:00 dan 18:00 gacha:

  • Husayn Boyqaro mahallasi;
  • Bektemir mahallasi;
  • Oltintopgan mahallasi;
  • Abay mahallasi;
  • Musaffo mahallasi;
  • Sohil mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 284 ta.