27-noyabr kuni Yaponiya hukumati Qoraqalpog‘istonning Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga Yaponiyada ishlab chiqarilgan 90,6 ming dollarlik ultratovush tekshiruvi apparatlarini sovg‘a qildi, deb xabar berdi diplomatik missiya matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga.

Yordam “Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” grant dasturi doirasida ko‘rsatilgan.

Uskunalar mahalliy aholiga tezkorlik bilan to‘g‘ri tashxis qo‘yish hamda hududdagi tibbiy xizmat sifatini oshirish imkonini berishi kutilmoqda.