Inqilob va taloto‘plarga boy bo‘lgan 1917-yilning noyabrida Butunturkiston musulmonlarining Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan favqulodda IV qurultoyida o‘lkaning milliy mustaqilligi yo‘lidagi dastlabki qadam tashlangan — Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan. U mahalliy aholi manfaatlarini himoya qiluvchi dunyoviy, ayni vaqtda inklyuziv, o‘z davri uchun yetarli darajada ilg‘or davlat edi.

Behbudiy qozoq qardoshlarga yozgan ochiq xatida muxtoriyatni Turkiston bolalarining o‘zi birlashib, g‘ayrat qilib olmasa, boshqalar uni berib qo‘ymasligi, bo‘shlik qilinsa, qog‘ozdagisi ham yo‘qqa chiqarilishi, muxtoriyat ham haq singari olinishi ammo berilmasligini ta’kidlagan edi. Ammo Turkiston aholisining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zining mustaqil davlatchiligini tashkil etish yo‘lidagi bu intilishi uzoqqa bormagan — 1918-yil fevralida muxtoriyat harbiy kuch bilan tugatilgan.

Mamlakat tarixining qadrli bir qismi hisoblangan ushbu tarixiy jarayonni bilish va yodga olish muhimdir. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan Turkiston muxtoriyati haqida test tayyorladi.

Testda Tashkent Retrospective, My.Tashkent.uz, Mediazona resurslarida e’lon qilingan media materiallardan foydalanildi