Jamiyat

O‘zbekistonga chet el fuqarolarini taklif qilish uchun endi onlayn ariza berish mumkin
9 noyabr 2023, 15:56

O‘zbekistonga chet el fuqarolarini taklif qilish uchun endi onlayn ariza berish mumkin

Xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish xizmatlari endi my.gov.uz portali orqali ham ko‘rsatiladi. DXXning hududiy boshqarmasi yuborilgan so‘rovnomani 7 ish kuni ichida tekshirib, xulosa beradi. Taklifnoma 3 oyga amal qiladi.

Toshkentdagi 7 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi
9 noyabr 2023, 14:44

Toshkentdagi 7 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Toshkent shahridagi 12, 26, 30, 54, 73, 133 va 150-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi va yo‘nalish nomi o‘zgardi.

Endi Chat GPT`dan O‘zbekistonda rasman foydalansa bo‘ladi
9 noyabr 2023, 12:18 7

Endi Chat GPT`dan O‘zbekistonda rasman foydalansa bo‘ladi

ChatGPT sun’iy intellekt bilan ishlovchi chat botini ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi o‘z servisi ishlaydigan hududlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni qo‘shdi. Endilikda mamlakatda ChatGPT ro‘yxatidan rasman o‘tish va uni ishlatish mumkin.

Toshkentda yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun issiqlik ta’minoti tariflari oshirilmoqda
9 noyabr 2023, 12:00

Toshkentda yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun issiqlik ta’minoti tariflari oshirilmoqda

Toshkent hokimligi issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni oshirdi. Yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti narxi 1,5 barobarga, budjet tashkilotlari uchun esa 1,6 barobarga oshadi. Aholi uchun tarif narxi o‘zgarishsiz qoladi.

Surxondaryoda yo‘l va ayrim xonadonlarni sel bosdi — foto
9 noyabr 2023, 09:26

Surxondaryoda yo‘l va ayrim xonadonlarni sel bosdi — foto

Boysun tumanidan o‘tuvchi M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li va ayrim xonadonlarni sel bosdi. Surxondaryo viloyati hokimligi hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini bildirdi. Xonadon va boshqa obyektlarda tozalash ishlari olib borilmoqda.

Uyat ham, sharmanda ham emas. Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi o‘tmoqda
8 noyabr 2023, 18:37

Uyat ham, sharmanda ham emas. Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi o‘tmoqda

Toshkentda jinsiy zo‘ravonlikka jim qarab turmaslik madaniyatini shakllantirishni maqsad qilgan NeUyat festivali o‘tkazilmoqda. Rassomlar jamiyatning bir qismi jinsiy zo‘ravonlikni normal qabul qilishini ta’kidlaydi. Ular zo‘ravonlikka uchraganlar emas, buni qilganlarga uyat ko‘zi bilan qarashni targ‘ib etmoqda.

Olmaliqda avtobus bilan to‘qnashgan Cobalt`da yong‘in chiqdi
8 noyabr 2023, 17:21

Olmaliqda avtobus bilan to‘qnashgan Cobalt`da yong‘in chiqdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Cobalt va Isuzu avtobusi o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda yengil avtomobilda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa sabab hech kim jarohat olmagani ma’lum qilindi.

Chery yangi Arrizo 6 Pro bilan intellektual sayohat tajribasini taklif qilmoqda
8 noyabr 2023, 17:00

Chery yangi Arrizo 6 Pro bilan intellektual sayohat tajribasini taklif qilmoqda

Yangi Chery Arrizo 6 Pro ilg‘or texnologiyalar va noyob dizaynni o‘zida birlashtirib, avtomobil komplektatsiyasiga yoritiladigan eshik tokchalari hamda musiqa ritmida xarakat qiladigan rangli yoritgichlar kiradi.

Toshkentdagi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
8 noyabr 2023, 16:59

Toshkentdagi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.

Brioni brendi Toshkentda yangi butigini ochdi
8 noyabr 2023, 15:00

Brioni brendi Toshkentda yangi butigini ochdi

Mirabad Avenue turar joy majmuasidagi Fashion-xiyobonda 4-noyabr kuni Brioni butigining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi butik tayyor kiyim va aksessuarlarni, shuningdek, Bespoke xizmatini taklif etmoqda.

Toshkent−Xo‘jakent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi
8 noyabr 2023, 14:43

Toshkent−Xo‘jakent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi

8-noyabrdan boshlab Toshkent−Xo‘jakent−Toshkent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi.

SSVga 108 ta Volkswagen Caddy tez yordam avtomobili topshirildi
8 noyabr 2023, 12:37

SSVga 108 ta Volkswagen Caddy tez yordam avtomobili topshirildi

Jizzax Auto zavodi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tez yordam avtomobillarininng navbatdagi partiyasini — 108 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Rejalashtirilgan 1000 dona avtomobildan 700 tasi respublika tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqda, deyiladi “O‘zavtosanoat” xabarida.

Agrar OTMlar qoshidagi litsey bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin
8 noyabr 2023, 12:21

Agrar OTMlar qoshidagi litsey bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin

Agrar OTMlar tasarrufidagi akademik litseyni tamomlaganlarni 2024/2025 o‘quv yilidan kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish taklif etilmoqda. Bunda talabgorning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foizdan yuqori bo‘lishi kerak.

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy qurilgan binolar buzilmoqda
8 noyabr 2023, 11:28

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy qurilgan binolar buzilmoqda

Toshkent viloyatidagi “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (dendropark)da noqonuniy qurilgan binolarni sud qarori asosida buzish boshlandi. Avvalroq hududda daraxtlar nobud qilingani, yer ajratish va undan foydalanish qoidalari buzilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

O‘zbekistondagi qonunosti hujjatlarni yangi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish uchun Adliya vazirligiga taklif kiritiladi
8 noyabr 2023, 11:03

O‘zbekistondagi qonunosti hujjatlarni yangi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish uchun Adliya vazirligiga taklif kiritiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

Farg‘onada yoshlar nikoh to‘yini kutubxonada o‘tkazdi
8 noyabr 2023, 10:13

Farg‘onada yoshlar nikoh to‘yini kutubxonada o‘tkazdi

Qo‘qon shahrida kitobxon ikki yosh o‘z nikoh to‘yini “Amiri” kutubxonasida o‘tkazdi. “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni shu kutubxonada uchratganman”, — deydi kuyov. Tadbirda shahar hokimi ham ishtirok etdi.

Buxoro aeroportida 96 dona qadimiy tanga olib chiqilishining oldi olindi
8 noyabr 2023, 09:58

Buxoro aeroportida 96 dona qadimiy tanga olib chiqilishining oldi olindi

Buxoro aeroportida fuqaro 96 dona qadimiy tangani Rossiyaga olib chiqib ketishining oldi olindi. Holat yuzasidan badiiy ekspertiza va tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida madaniy qimmatliklar to‘g‘risidagi bitim imzolandi
7 noyabr 2023, 20:03

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida madaniy qimmatliklar to‘g‘risidagi bitim imzolandi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib AQSh bilan madaniy qimmatliklar bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu o‘g‘irlangan artefaktlarning AQShga olib kirilishini cheklaydi va ularni o‘z mamlakatiga qaytarish jarayonini osonlashtiradi.

Test: Toshkent metro bekatlarining eski nomlarini bilasizmi?
7 noyabr 2023, 19:55

Test: Toshkent metro bekatlarining eski nomlarini bilasizmi?

Bundan 46 yil avval Toshkent metrosi 9 ta bekat bilan ishga tushgan edi. Hozir stansiyalar soni 48 ta. Ulardan 13 tasining nomi 1991−2018-yillar oralig‘ida o‘zgartirilgan. Ba’zi bekatlar bu jarayonni hatto bir necha bor boshdan o‘tkazgan. “Gazeta.uz” shu mavzuda test tayyorladi.

So‘nggi bir oyda Toshkentda havo sifati faqat bir kun “yaxshi” bo‘ldi — kuzatuv
7 noyabr 2023, 17:51

So‘nggi bir oyda Toshkentda havo sifati faqat bir kun “yaxshi” bo‘ldi — kuzatuv

IQAir indeksiga ko‘ra, Toshkent havosi so‘nggi bir oy ichida 4 kun “nosog‘lom”, 10 kun “ta’sirchan guruhlar uchun nosog‘lom” deya qayd etildi. Poytaxtda oy davomida faqat bir kun “yaxshi” darajadagi havo kuzatildi. Toshkent ayni damda dunyoning beshinchi eng ifloslangan shahri bo‘lib turibdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting