28-noyabr kuni soat 15:00 atrofda Toshkent metropolitenining “Qo‘yliq” bekatida noma’lum shaxs o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Poyezd “Yangiobod” bekatidan “Qo‘yliq” bekatiga kirib kelayotgan vaqtida erkak metro yo‘liga tushib, relsga yotib olgan va voqea joyida vafot etgan.

Metropoliten matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu sabab “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishining bir tomon qismi vaqtincha harakatdan to‘xtatilgan va 15:50 dan boshlab yana reja asosida ishlay boshlagan.

Hozirda Toshkent shahar transport prokuraturasi tomonidan tekshirish olib borilmoqda.