Jamiyat

1 avgustga qadar har shanba va yakshanba kunlari avtotransport vositalarining harakati to‘liq to‘xtatiladi
11 iyul 2020, 14:05 2

1 avgustga qadar har shanba va yakshanba kunlari avtotransport vositalarining harakati to‘liq to‘xtatiladi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 13 iyuldan 1 avgustga qadar respublika miqyosida har shanba va yakshanba kunlari avtotransport vositalarining harakati to‘liq to‘xtatiladi. Dam olish kunlari aholiga «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etish tavsiya etildi.

IIV: 2020 yil birinchi yarmida 2388 ta YTH sodir etilgan
11 iyul 2020, 13:21

IIV: 2020 yil birinchi yarmida 2388 ta YTH sodir etilgan

O‘zbekistonda yanvar-iyun oylari davomida 2388 ta yo‘l transport hodisalari sodir etilgan. 2019 yil ushbu davrga nisbatan YTHlarning soni 7 foizga kamaygan. Aksariyat YTHlar piyodalar belgilanmagan joydan kesib o‘tishi va haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik sababli yuzaga kelgan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.

O‘zbekistonda Facebook dan foydalanishda yana nosozliklar kuzatilmoqda
11 iyul 2020, 11:14

O‘zbekistonda Facebook dan foydalanishda yana nosozliklar kuzatilmoqda

Iyul oyining boshidan beri O‘zbekistonda yana Facebook ga kirish bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Ushbu fonda VPN dasturlarining ommaviyligi yana o‘sdi. «Gazeta.uz» muammo nimada ekanligini aniqlashga harakat qildi.

Poytaxtda koronavirus bilan kasallangan bemor vafot etdi
11 iyul 2020, 10:23

Poytaxtda koronavirus bilan kasallangan bemor vafot etdi

Toshkentda koronavirus aniqlagan 50 yoshli ayol vafot etdi. Bu mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida qayd etilgan 55-o‘lim holati.

Navoiyda SES boshlig‘i 510 mln so‘mga yaqin moddiy boyliklarini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda
10 iyul 2020, 19:05

Navoiyda SES boshlig‘i 510 mln so‘mga yaqin moddiy boyliklarini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazining bosh shifokori hibsga olindi. Markaz mansabdor va moddiy javobgar shaxslari qariyb 510 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklarini o‘zlashtirish va talon-toroj qilganlikda ayblanishmoqda. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura jinoyat ishini qo‘zg‘atdi.

Afg‘onistonlik ayollar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini o‘rganishadi
10 iyul 2020, 18:38

Afg‘onistonlik ayollar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini o‘rganishadi

Afg‘onistonlik yosh xotin-qizlar Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tahsil oladilar. Loyiha doirasida Afg‘onistondan kelgan 50 nafar ayollar Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarida o‘qishi ko‘zda tutilgan.

Dam olish kunlari harorat biroz pasayishi kutilmoqda
10 iyul 2020, 13:55

Dam olish kunlari harorat biroz pasayishi kutilmoqda

Sharqiy Qozog‘istondan kirayotgan biroz salqin havo oqimi O‘zbekistonda kunduzgi haroratning pasayishiga olib keldi. Dam olish kunlari harorat saqlanib turadi. Juma va shanba kunlari poytaxtda va Toshkent viloyatida, shuningdek, Farg‘ona vodiysida momaqaldiroq va yomg‘ir yog‘ishi kuzatilishi mumkin.

Majburiy obuna tashkil etish va majburiy mehnatda ayblangan hokim o‘rinbosari sudda yutib chiqdi
10 iyul 2020, 13:31

Majburiy obuna tashkil etish va majburiy mehnatda ayblangan hokim o‘rinbosari sudda yutib chiqdi

O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishda ayblangan hokim o‘rinbosari Baxtiyor Mamadaliyev birinchi instansiya sudida aybsiz deb topildi.

Qariyb 3750 nafar fuqaro Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi
10 iyul 2020, 13:07 1

Qariyb 3750 nafar fuqaro Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida to‘planib qolgan 3746 nafar O‘zbekiston fuqarolari “Jibek joli” — “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tkazilib mamlaktga qaytgan. TIV ma’lum qilishicha, hozirda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q va fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti.

“Hozircha birinchi sinflar uchun onlayn ta’limni joriy qilish haqida gap yo‘q” — Sherzod Shermatov
9 iyul 2020, 20:01

“Hozircha birinchi sinflar uchun onlayn ta’limni joriy qilish haqida gap yo‘q” — Sherzod Shermatov

Xalq ta’limi vaziri epidemiologik vaziyat sentyabrgacha yaxshilansa, bolalar maktablarda o‘qishni boshlashini ma’lum qildi. Darslarni televideniye orqali namoyish etish esa to‘xtamaydi.

Qashqadaryoda shifokor oilaviy tadbir va deputatlar bilan uchrashuvda 30 kishiga virus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi
9 iyul 2020, 18:25

Qashqadaryoda shifokor oilaviy tadbir va deputatlar bilan uchrashuvda 30 kishiga virus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoda viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shifokor karantin talablariga rioya etmagan holda qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirganini ma’lum qildi. Shuningdek, hokim taksilar Respublika maxsus komissiyasi talablarini bajarmasa ularning faoliyati to‘xtalishi mumkinligini ham bildirib o‘tdi.

Uzbekistan GTL zavodi qurilishida 130 ga yaqin COVID-19 holati aniqlandi
9 iyul 2020, 17:43

Uzbekistan GTL zavodi qurilishida 130 ga yaqin COVID-19 holati aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida Uzbekistan GTL zavodi qurilishi ishtirok etayotganlar orasida 130 ga yaqin koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi.

“Sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi” — Inomjon Majidov
9 iyul 2020, 17:24 1

“Sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi” — Inomjon Majidov

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim 100 foiz, kechkisi esa 50 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi. Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt aholisiga murojaat bilan chiqdi
9 iyul 2020, 16:41

Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt aholisiga murojaat bilan chiqdi

Toshkent hokimi karantin talablari kuchaytirilayotgani sababli poytaxt aholisini beparvo bo‘lmaslikka, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka, onlayn xizmatlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, hokim uy sharoitida davolanayotgan va karantinga olingan bemorlarga tibbiy maslahat ko‘rsatuvchi 1105 raqamli Call-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.

“Bizda yotoq-joylar va dori-darmonlar zaxirasi yetarli” — Xabibulla Oqilov
9 iyul 2020, 14:27

“Bizda yotoq-joylar va dori-darmonlar zaxirasi yetarli” — Xabibulla Oqilov

Koronavirusga qarshi kurash shtabining vakili Xabibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonda dori-darmonlar va yotoq-joylar zaxirasi yetarli, ammo agar hozirgi kunlik o‘sish ko‘rsatkichi saqlanib qolsa, ular yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Koronavirus O‘zbekistonga 15 martdan avvalroq kirib kelgani ehtimoli istisno qilinmadi
9 iyul 2020, 13:35

Koronavirus O‘zbekistonga 15 martdan avvalroq kirib kelgani ehtimoli istisno qilinmadi

“O‘zbekiston hududida birinchi bemor 15 martda qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi ham mumkinligini inkor etmaymiz” — Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.

Said-Abdulaziz Yusupov ozodlikka chiqdi
9 iyul 2020, 13:26

Said-Abdulaziz Yusupov ozodlikka chiqdi

2019 yili firibgarlikda ayblanib qamoqqa olingan O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi Said-Abdulaziz Yusupov ozod etildi. Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish to‘liq to‘xtatildi.

O‘zbekiston shaharlarida zilzila qayd etildi
9 iyul 2020, 12:10

O‘zbekiston shaharlarida zilzila qayd etildi

Epitsentri Tojikistonda bo‘lgan zilzila Toshkent va boshqa hududlarda ham sezildi. Poytaxtdagi yer osti silkinishlari kuchi 3 balni tashkil etdi.

Qamchiqda Isuzu jarlikka ag‘darilib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi
9 iyul 2020, 12:04

Qamchiqda Isuzu jarlikka ag‘darilib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Namangan viloyatining Pop tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetidagi jarga ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Koronavirus bemorlari orasida yana ikki nafar o‘lim holati qayd etildi
9 iyul 2020, 10:10

Koronavirus bemorlari orasida yana ikki nafar o‘lim holati qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari orasida ikki nafar o‘lim holati qayd etildi. Buxoro viloyatida 40 yoshli Afg‘oniston fuqarosi, Toshkent shahrida 83 yoshli onaxon vafot etishgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting