O‘zbekistonda sirtqi ta’lim 100% masofaviy ta’lim shakliga o‘tkaziladi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov 9 iyul kuni karantin davrida qabul jarayonini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi.

“Sirtqi ta’lim 100% masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi. Kechki ta’lim shakli bo‘yicha ishlarni rejalashtirganmiz, qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, 50% masofaviyga o‘tadi. Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karanitn sharoitidan kelib chiqib belgilanadi”, — deya ma’lumot berdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov.

Hujjat topshirish, ro‘yxatdan o‘tish muddatlari o‘zgarmaydi. Belgilangan muddatlargacha davom etadi, deya ta’kidladi Inomjon Majidov.