Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Uzbekistan GTL zavodini qurishda ishtirok etayotganlar orasida 127 ta koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi, deya xabar berdi O‘zA viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bergan ma’lumotlariga tayangan holda.

Hozirda korxona qurilayotgan hududda infeksiyaning tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi Qashqadaryo viloyatida 161 ta COVID-19 holati, shu jumladan aholi orasida 34 ta holat qayd etilganligini ma’lum qilgan edi.