9 iyul kuni soat 11:39da Toshkentda va O‘zbekistonning qator viloyatlarida zilzila sezildi, uning epitsentri Tojikistonda bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentrida magnituda 4,7, chuqurligi esa 10 km bo‘lgan.

O‘zbekiston hududlaridan zilzila epitsentrigacha masofa va kuchi

  • Toshkent (145 km) — 3 ball;
  • Namangan (231 km) — 2 ball;
  • Andijon (273 km) — 2 ball;
  • Farg‘ona (215 km) — 2 ball;
  • Guliston (74 km) — 4 ball;
  • Jizzax (126 km) — 3 ball;
  • Samarqand (204 km) — 2 ball;
  • Termiz (352 km) — 2 ball;
  • Qarshi (326 km) — 2 ball;
  • Navoiy (335 km) — 2 ball.