Jamiyat

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent uchun tibbiy ko‘rik Toshkentda o‘tkaziladi
11 oktabr 2021, 12:38

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent uchun tibbiy ko‘rik Toshkentda o‘tkaziladi

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patentni olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi Toshkentga keldi.

Hafta davomida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
11 oktabr 2021, 11:48

Hafta davomida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo‘ladi. Havo harorati kunduz kunlari +20…+23 daraja iliq atrofida, janubda +25 daraja iliqqacha bo‘ladi.

«Navoiyazot» zaxarli moddalarning Zarafshon daryosiga oqizilgani bo‘yicha ayblovni rad etdi
11 oktabr 2021, 11:25

«Navoiyazot» zaxarli moddalarning Zarafshon daryosiga oqizilgani bo‘yicha ayblovni rad etdi

«Navoiyazot» koxonasi baliqlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan sanoat chiqindilarining Zarafshon daryosiga tashlangani yuzasidan munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, «so‘nggi davrda oqava suvlarning sifati o‘zgarishlarsiz» bo‘lgan. «Tashlanma suvlardan laboratoriya taxlillari olinib keyinchalik Zarafshon daryosiga yuboriladi», — deyiladi xabarda.

Butun shahar — o‘yin maydonchasi. Shahardagi faol dam olish odamlarni qanchalik yaqinlashtirmoqda?
11 oktabr 2021, 10:45

Butun shahar — o‘yin maydonchasi. Shahardagi faol dam olish odamlarni qanchalik yaqinlashtirmoqda?

Shahar sport bilan shug‘ullanish va do‘stlar bilan vaqtichog‘lik qilish uchun eng yaxshi joy. Aholining faolligi joylarni o‘zgartiradi va ularga hayot bag‘ishlaydi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin toshkentliklar qanday qilib ko‘cha-ko‘yda dam olib, mashg‘ulot o‘tkazayotganini kuzatdi.

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi
11 oktabr 2021, 09:52

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

Yakkasaroy tumanida Lacetti avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish chirog‘i ustuniga urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Hodisa natijasida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi vafot etgan.

“Samarqand” xalqaro aeroporti vaqtincha yopilmoqda
10 oktabr 2021, 11:26

“Samarqand” xalqaro aeroporti vaqtincha yopilmoqda

“Samarqand” xalqaro aeroporti yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan bir oyga yopildi. Barcha qatnovlar Navoiy, Buxoro, Qarshiga yo‘naltiriladi, bu yerdan yo‘lovchilar uchun Samarqandga yer usti transferi tashkil etiladi.

«Navoiyazot»ga qarashli quduqdan daryoga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilgan
9 oktabr 2021, 12:51

«Navoiyazot»ga qarashli quduqdan daryoga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilgan

Davlat ekologiya qo‘mitasi «Navoiyazot» korxonasi qudug‘idan sanoat chiqindilarining Zarafshon daryosiga tashlanganligini aniqladi. Xavfli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi bir necha bor oshib ketishi baliqlarning ommaviy zaharlanishiga olib keldi.

Nima tayyorlaymiz: kotletlar
9 oktabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: kotletlar

Qaymoqli, sabzavotli, tovuqli va kartoshkali, izmircha yoki an’anaviy — Zira.uz mazali va sersuv kotletlar retseptlarini taqdim etadi.

8 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 oktabr 2021, 22:00

8 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi, 12 oktabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanishi, Abdulaziz Kamilovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusi — “Gazeta.uz"ning 8 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«MegaFon» nima uchun O‘zbekistonga kirdi — USM bosh direktori
8 oktabr 2021, 20:43

«MegaFon» nima uchun O‘zbekistonga kirdi — USM bosh direktori

Alisher Usmonovning USM xoldingi bosh direktori Ivan Streshinskiy «Kommersant» nashriga bergan intervyusida «MegaFon»ning O‘zbekiston bozoriga kirish sabablari haqida so‘zlab berdi. «U o‘sha yerda tug‘ildi va yordam berishni xohlaydi», — dedi u.

«Men u bilan ko‘rishganimda hammasi yaxshi edi». Ombudsman — Gulnora Karimovaning ahvoli haqida
8 oktabr 2021, 20:27

«Men u bilan ko‘rishganimda hammasi yaxshi edi». Ombudsman — Gulnora Karimovaning ahvoli haqida

Gulnora Karimovaning advokati sentabr oyi o‘rtalarida mijozi bilan uchrashuvda uning qo‘lida ko‘karishlarni ko‘rganini xabar qilgan edi. Ombudsman Feruza Eshmatova koloniyada ko‘rishganida birinchi prezidentning qizi bilan hammasi yaxshi bo‘lganini va qaytadan monitoring o‘tkazilishini aytdi. U shuningdek, qamoqxonalarda qisqa muddatli uchrashuvlar qayta tiklanganini ham ma’lum qildi.

Samarqanddagi uylarning birida gaz portlashi sodir bo‘ldi
8 oktabr 2021, 18:08

Samarqanddagi uylarning birida gaz portlashi sodir bo‘ldi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yuborildi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

9 oyda 77 mlrd so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi — Energetika vazirligi
8 oktabr 2021, 16:49

9 oyda 77 mlrd so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 9 oy ichida 77 mlrd 877 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu 40 mingta xonadonning qariyib 1 yillik iste’moli degani. Vazirlik 4 kun o‘tkazilgan reydning o‘zida 67 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganini aniqlagan.

“Diplom mutlaqo kerak emas hozir. Kasb kerak!” — Shavkat Mirziyoyev
8 oktabr 2021, 15:04 2

“Diplom mutlaqo kerak emas hozir. Kasb kerak!” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida hozirgi kunda yoshlarga diplom emas, kasb kerakligini ta’kidladi. “Bilim kerak! Surxondaryoga kerak bo‘lgan yo‘nalishlar kerak!”, — dedi u. Mirziyoyev “nasib qilsa, besh yildan keyin Surxondaryoda boshqacha joylarda uchrashishini” ta’kidladi.

Namanganda YTH oqibatida 3-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi
8 oktabr 2021, 13:26

Namanganda YTH oqibatida 3-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

Uchqo‘rg‘on tumanida M-412 rusumli avtomashina yo‘lga chiqib ketgan 3-sinf piyodani chetlab o‘tmoqchi bo‘lib qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia-2 mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki avtomashina orasida qolib ketgan piyoda og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

12 oktabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi
8 oktabr 2021, 13:17

12 oktabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 12 oktabrdan ijtimoiy soha obyektlarini isitilishi boshlanishi haqida qaror qabul qildi.

Qo‘llanma: saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish
8 oktabr 2021, 12:18

Qo‘llanma: saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish

24 oktabr kuni prezident saylovlarida qaysi saylov uchastkasida ovoz berishingiz mumkinligini bilasizmi? Sizga biriktirilgan saylov uchastkasini o‘zgartirish mumkinmi? «Gazeta.uz» fuqarolar uchun saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.

IIV Telegram`dagi tovlamachilar haqida ogohlantirdi
8 oktabr 2021, 11:40

IIV Telegram`dagi tovlamachilar haqida ogohlantirdi

O‘zbekistonda Telegram guruhlari va kanallari orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plab, ulardan pul undirish maqsadida foydalanish holatlari kuzatilmoqda. IIV ma’lumotiga ko‘ra, ularning yurituvchilari xorijdan turib faoliyat olib bormoqda va hozircha ushbu kanallarni bloklashning iloji yo‘q. Vazirlik fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarda qo‘ymaslikni va begona guruhlarda tarqatmaslikni so‘radi.

9−10 oktabr kunlari havo -3 darajagacha soviydi
8 oktabr 2021, 10:04

9−10 oktabr kunlari havo -3 darajagacha soviydi

9 oktabrdan O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Havo haroratining 10−12 darajaga tushishi kutilmoqda. Shimolda kechasi -3 darajagacha soviydi.

Rossiya O‘zbekistondan 10 ming quruvchini qabul qiladi
8 oktabr 2021, 09:04

Rossiya O‘zbekistondan 10 ming quruvchini qabul qiladi

Rossiya hukumati O‘zbekistondan 10 ming quruvchini mamlakatga jalb etish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha ishtirokchilari suhbat va tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, shuningdek rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini bilishi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lishlari kerak.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting