Rossiya hukumati O‘zbekistondan 10 ming quruvchini mamlakatga jalb etish bo‘yicha tajriba loyihasini ma’qulladi.

RF hukumatining 6 oktabrdagi qaroriga ko‘ra, «qurilish sohasida xo‘jalik faoliyatini olib boruvchi Rossiya yuridik shaxslarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun» O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Loyihada ishtirok etuvchi o‘zbekistonliklar O‘zbekiston hududida suhbatdan, daktiloskopik ro‘yxatdan, tibbiy tekshiruvdan (OIV, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan infeksiyalar, giyohvandlik yoki psixotrop moddalarni shifokor tayinlovisiz iste’mol qilish holatlari yo‘qligi bo‘yicha), fotosuratga tushish va Rossiyaga kirish uchun hujjatlar tekshiruvi kabi jarayonlardan o‘tishlari kerak.

Bundan tashqari, Rossiyaga jo‘nab ketish uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilish to‘g‘risidagi sertifikatga ham ega bo‘lish talab qilinadi.

Koronavirusga qarshi «Sputnik layt» (u shu maqsadda O‘zbekistonga yetkazib beriladi) preparati yoki boshqa vaksinalar bilan emlanish yoxud ketishdan besh oygacha bo‘lgan muddatda kasallikni boshdan kechirgarlik to‘g‘risidagi hujjatning mavjud bo‘lishi ham majburiy talab hisoblanadi.

Rossiya qurilish va UYKX vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishinning маълuмqilishича, Qurilish vazirligi o‘zbekistonlik muxojirlarni nafaqat turar joylar qurilishi, balki infratuzilma loyihalari, jumladan, «Vostochniy» kosmodromi obyektlariga ham jalb qilishni rejalashtirmoqda.

«Interfaks»ning yozishicha, chegaralar yopilib, chet ellik ishchilarni jalb qilish imkoniyati yo‘qolgani sababli Rossiyada ishchi kuchi taqchilligini saqlanib qolmoqda. Qurilish vazirligi turli davrlarda 1,2 dan 5 mln nafargacha ishchi yetishmasligini hisob-kitob qilmoqda.

Moskva qurilish departamenti rahbari Rafik Zagrutdinovning chorshanba kuni xabar berishicha, poytaxtdagi budjet qurilishlarida 60 ming kishi mehnat qilmoqda, biroq yana 15 ming kishini jalb qilish belgilangan.

Avgustda RBK muxojirlar sonining kamligi kunlik ish haqlarining oshishiga olib kelganini ёзганedi. Birinchi yarim yillikda ularning ish haqlari qariyb 25 foizga o‘sgan.

Avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning bir qator salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o‘lkasida O‘zbekiston fuqarolari uchun qurulish sohasida 10 mingta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinayotgani haqida xabar qilgan edi.