Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, poytaxtdagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 12 oktabrdan ijtimoiy soha obyektlarini isitilishi boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

14 oktabrdan ko‘p qavatli turar joy binolari muntazam isitishga o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, O‘zgidromet 9−11 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida xabar bergan edi. Havo haroratining 10−12 darajaga pasayishi kutilmoqda.

9−11 oktabrda kunduz kunlari harorat +10…+13 daraja iliqni, 10−11 oktabrda kechalari +2…+5 daraja iliqni tashkil etadi. Shimolda 9−10 oktabrda kechalari ba’zi joylarda 0…+3 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

9−10 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.

9−10 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.