Jamiyat

Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilmoqda
30 sentabr 2021, 15:59 9

Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilmoqda

Farzandlikka olish tartiblari soddalashtirilmoqda. Jumladan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etib, jazo muddatini o‘taganlarga farzandlikka olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu jarayonga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
30 sentabr 2021, 13:32

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Mazkur qonun bilan mamlakatda hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta’minlanishi aytildi.

Chirchiq daryosi bo‘ylab yangi ko‘prik quriladi
30 sentabr 2021, 12:13

Chirchiq daryosi bo‘ylab yangi ko‘prik quriladi

Toshkent viloyatida Chirchiq daryosi orqali o‘tadigan yangi ko‘prik qurilishi boshlandi. Ko‘prik 4R12 “Toshkent — Chorvoq” yo‘lidan Chirchiqqa kiraverishdagi daryodagi to‘g‘on yaqinida quriladi.

Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan xitoy-o‘zbek vaksinasining ilk partiyasi topshirildi
30 sentabr 2021, 11:44

Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan xitoy-o‘zbek vaksinasining ilk partiyasi topshirildi

30 sentabr kuni Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 mln 458 ming 820 dozasi SES xizmati vakillariga topshirildi. Hozirgi kunda korxona tomonidan jami 7 mln doza vaksina ishlab chiqarilgan.

16 fevral voqealarida ishtirok etgani gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi
30 sentabr 2021, 11:14

16 fevral voqealarida ishtirok etgani gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

«Turkiston islom harakati» xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi, 1999 yilning 16 fevral va 30 mart kunlari Toshkentda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgani gumon qilingan fuqaro qo‘lga olindi. Mazkur shaxs 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Rossiya O‘zbekistonga 4 kishini ekstraditsiya qildi
30 sentabr 2021, 10:19

Rossiya O‘zbekistonga 4 kishini ekstraditsiya qildi

Rossiya O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etganlikda ayblangan to‘rt kishini O‘zbekistonga topshirdi. Ular turli vaqtlarda hibsga olingan.

29 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 sentabr 2021, 21:30

29 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvi, “superkontrakt"ning minimal miqdorlari belgilanishi, O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezilishi — “Gazeta.uz"ning 29 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin
29 sentabr 2021, 20:27

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari va «texpasport"larni yangilariga o‘zgartirish muddatini 2022 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirish taklif qilinmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezildi
29 sentabr 2021, 18:41

O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezildi

Chorshanba kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida kun davomida ikki marta zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan.

O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik saytlari bloklandi
29 sentabr 2021, 17:47

O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik saytlari bloklandi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni chekladi.

Hududlarda 30 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi
29 sentabr 2021, 15:05

Hududlarda 30 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi

DXX xodimlari Toshkentda va bir qator viloyatlarda giyohvand moddalar savdosining bir nechta holatlariga chek qo‘ydilar. Qariyb 18 kg, jumladan, Amudaryo orqali chegarani noqonuniy kesib o‘tgan Afg‘oniston fuqarosidan 9 kg opiy topildi va musodara qilindi.

Ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — «Hududgazta’minot»
29 sentabr 2021, 13:51

Ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — «Hududgazta’minot»

«Hududgazta’minot» endilikda ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hozirda xonadonlarga 2 mln ga yaqin elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilgan va qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuborilib, iste’molchiga 5 kun muddat beriladi.

“Superkontrakt”ning minimal miqdorlari belgilandi
29 sentabr 2021, 13:42

“Superkontrakt"ning minimal miqdorlari belgilandi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlandi.

Vaksina olgan sirtqi yoki kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalarga ham kontrakt to‘lovida 10%lik chegirma beriladi
29 sentabr 2021, 13:25

Vaksina olgan sirtqi yoki kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalarga ham kontrakt to‘lovida 10%lik chegirma beriladi

1 noyabrga qadar koronavirusga qarshi emlangan talabalarga 2021−2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

Toshkent viloyatida ota qizini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Qiz homilador
29 sentabr 2021, 13:07

Toshkent viloyatida ota qizini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Qiz homilador

Toshkent viloyatida 15 yoshli qizning onasi eri ikki yil davomida qizini zo‘rlab kelganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda qizi homilador. Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Bachadon bo‘yni saratoni skrining dasturi ishga tushirilmoqda
29 sentabr 2021, 12:37

Bachadon bo‘yni saratoni skrining dasturi ishga tushirilmoqda

Bachadon bo‘yni saratoni O‘zbekistonda ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan saraton kasalligi turi bo‘yicha ikkinchi, mazkur kasallik tufayli o‘lim holatlari bo‘yicha esa uchinchi o‘rinda turadi. U 90% hollarda odam papilloma virusi infeksiyasi bilan boshlanadi. Kasallikni erta tashxis qo‘yish va to‘g‘ri davolash orqali yengib o‘tish mumkin. Ikki viloyatda pilot skrining dasturi ishga tushirilmoqda.

Qashqadaryoda Lacetti`dagi gaz balloni yorildi
29 sentabr 2021, 10:35

Qashqadaryoda Lacetti`dagi gaz balloni yorildi

Chorshanba kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan.

O‘zbekiston shimolida kechasi havo harorati nolga tushadi
29 sentabr 2021, 09:41

O‘zbekiston shimolida kechasi havo harorati nolga tushadi

oktabr oyining birinchi kunlarida O‘zbekistonda havo harorati asta-sekin kechasi + 3 … + 8 darajagacha, kunduzi + 12 … + 17 darajagacha pasayadi. Shimolda kechasi nolgacha pasayishi kutilmoqda. Shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Koronavirusga qarshi vaksina olish uchun 16 ta sabab
29 sentabr 2021, 08:30

Koronavirusga qarshi vaksina olish uchun 16 ta sabab

COVID-19 infeksiyasidan himoyalanishning yagona yo‘li — vaksinatsiya. Shunga qaramay, dunyo bo‘ylab ixtiyoriy tarzda emlanishdan bosh tortish holatlari uchramoqda. Garvard universiteti Kennedi maktabining Belfer markazi koronavirusga qarshi emlanish uchun 16 ta sabablarni keltirdi.

28 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 sentabr 2021, 21:30

28 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuvi, O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalar COVID-19`ga qarshi emlanishga ruxsat berilishi, Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar Kengashi ta’sis etilishi — «Gazeta.uz»ning 28 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting