Bugun va ertaga respublika sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Sovuq havo asosan tungi haroratga ta’sir qilib, +2…+5 daraja iliqni tashkil etadi. Kunduz kuni quyosh havoni +18…+20 daraja iliqqacha isitadi.

Hafta o‘rtasidan havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va oktabr oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yetadi. Havo harorati kechalari +6…+9 daraja iliq, kunduz kunlari +20…+23 daraja iliq atrofida, janubda +25 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo‘ladi. 12−13 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.