Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali va sersuv kotletlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Qaymoqli tovuqli kotletlar


Ushbu kotletlar juda nozik bo‘lib pishadi. Bu retseptda piyoz yo‘qligi bizni xayron qoldirgandi, lekin taomni ta’tib ko‘rgach, unga piyoz kerak emasligini tushunib yetdik.

Izmircha kotletlar

Izmircha kotletlar — Turkiyaning Egey hududidan kelgan bo‘lib, tayyorlash uchun oddiy masalliqlarni talab qiluvchi, mamlakatning barcha oshxonalarida uchratsa bo‘ladigan taomlardan biridir.

Sersuv tovuqli kotletlar


Tovuqli kotletlarni yanada sersuv va xushbo‘y qilib tayyorlashni xohlasangiz, qiymasiga karam qo‘shing. Retsept ustidan tajriba o‘tkazsangiz ham bo‘ladi — oq karam o‘rniga qizil karamni yoki maydalangan yangi sabzini qo‘shishingiz mumkin.

Pomidor va pishloqli kotletlar


Kotletlarni pomidor va pishloq bilan pishirib, taomnomangizga xilma-xillik kiriting. Ushbu taom juda mazali va to‘yimli bo‘lib, uni istagan garnir bilan dasturxonga tortsa bo‘ladi.

Kartoshkali kotletlar


Kartoshkali kotletlar — juda ajoyib ko‘rinishdagi yegulik bo‘lib, ularni asosiy taom sifatida ham, taomga qo‘shimcha garnir sifatida ham tortish mumkin. Bunday kotletlarga juda oddiy masalliqlar sarflangan bo‘lsa-da, ta’mi juda mazali bo‘lib pishadi.

Klassik kotletlar


Mol go‘shtidan tayyorlanilgan kotletlar ko‘pchilikning sevimli taomi hisoblanadi. Kotletlarni tayyorlash unchalik ham qiyin emas — faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi mehr bilan pishirish kerak bo‘ladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15