Juma kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida yengil yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol texhzligining 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati +13…+18 daraja, shimolda +9… +14 daragacha iliq bo‘ladi.

Toshkentda biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol texligi — 5−10 m/s. Harorat +15…+17 daraja atrofida bo‘ladi. Mamlakatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilmoqda. Shamol tezligi 7−12 m/s, ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +7… +12 atrofida bo‘ladi.

9−11 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Havo haroratining 10−12 darajaga pasayishi кутилmоқда.

9−10 oktabr kunlari kunduzi havo harorati +10… +13 daraja, kechasi 10−11 oktabrda- +2… +5. Shimolda, 9−10 oktabrda kechasi ba’zi joylarda 0…-3 darajagacha sovuq bo‘ladi.

9−10 oktabr kunlari O‘zbekistonning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilib, ba’zi joylarda kuchayishi, ko‘rish qobiliyati pasayishi mumkin. Butun mamlakat bo‘ylab shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.