Jamiyat

Toshkentda erkak 81 yoshli ayolga kuch ishlatib, 1 mln so‘m pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda
9 fevral 2022, 18:48

Toshkentda erkak 81 yoshli ayolga kuch ishlatib, 1 mln so‘m pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda

Mirzo Ulug‘bek tumanida erkak 81 yoshli keksa ayoldan suv so‘rab, shundan so‘ng, uni sintetik mato bilan bo‘g‘ib, xonadondagi 1 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Tergov harakatlari natijasida bu ishni amalga oshirganlikda 50 yoshli erkak gumonlanib, hibsga olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mehnat vazirligi Buxoro viloyati hokimi yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazganiga munosabat bildirdi
9 fevral 2022, 17:09

Mehnat vazirligi Buxoro viloyati hokimi yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazganiga munosabat bildirdi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov dam olish kuni to‘rtta tumanda mahallalar raislari va hokim yordamchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat mehnat inspeksiyasi viloyat hokimi qonunchilik talablarini buzganini tasdiqladi.

Xorazmda 10 mln so‘m pora olgan tuman bandlikka ko‘maklashish markazi direktori 5 yilga qamaldi
9 fevral 2022, 16:12

Xorazmda 10 mln so‘m pora olgan tuman bandlikka ko‘maklashish markazi direktori 5 yilga qamaldi

Xorazm viloyati Yangibozor tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori M.J. tadbirkorga 122,5 mln subsidiya ajratish evaziga 10 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. JIB Yangibozor tuman sudi uni aybli deb topib, 5 yilga ozodlikdan, qolaversa, 2 yilga davlat tashkilotlarida mansabdor sifatida ishlash huquqidan mahrum qildi.

O‘zbekistonda ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshini 25 yoshgacha oshirish taklif etildi
9 fevral 2022, 15:28

O‘zbekistonda ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshini 25 yoshgacha oshirish taklif etildi

Deputatlar ov quroliga egalik qilishning minimal yoshini 21 yoshdan 25 yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Hujjatda barcha turdagi pnevmatik qurolga egalik qilishni ichki ishlar organlarining ruxsatnomasi orqali amalga oshirish va fuqaro egalik qilishi mumkin bo‘lgan qurollar sonini 3 dona bilan chegaralash taklifi ham ilgari surilmoqda.

Fujairah Open 2022 turnirida O‘zbekiston 7 ta medalni qo‘lga kiritdi
9 fevral 2022, 14:57

Fujairah Open 2022 turnirida O‘zbekiston 7 ta medalni qo‘lga kiritdi

BAAda bo‘lib o‘tgan taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha Fujairah Open-2022 turnirida O‘zbekiston delegatsiyasi 7 ta medalni, shu jumladan, 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Musobaqada olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov ham qatnashib, g‘olib bo‘ldi.

«2 mingga yaqin bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari ichimlik suvini tashib kelishga majbur bo‘lmoqda» — prezident
9 fevral 2022, 14:10

«2 mingga yaqin bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari ichimlik suvini tashib kelishga majbur bo‘lmoqda» — prezident

Shavkat Mirziyoyev 1500 tadan ortiq mahallada markazlashgan ichimlik suvi taminoti yo‘lga qo‘yilmagani, 2 mingga yaqin bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari ichimlik suvini tashib kelishga majbur bo‘layotganini ma’lum qildi. Buning yechimi sifatida kelgusi 5 yilda sohaga 40 trln so‘m investitsiya yo‘naltirilishi va ichimlik suvi ta’minoti 90 foizga yetkazilishi aytildi. 2022 yilning o‘zida budjetdan 2 trln so‘m, xalqaro moliya tashkilotlaridan esa 245 mln dollar jalb etiladi.

Kecha 778 kishida koronavirus aniqlandi
9 fevral 2022, 12:11

Kecha 778 kishida koronavirus aniqlandi

Seshanba kuni 778 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi (bir kun oldin — 773 nafar edi), qolaversa, yana 133 kishi (129 kishi) pnevmoniyaga chalindi. COVID-19 asoratlari oqibatida 4 kishi vafot etdi.

O‘qituvchilar uzr so‘ragan yig‘ilish tuman hokimi tashabbusi bo‘lganligi aytildi
9 fevral 2022, 11:48

O‘qituvchilar uzr so‘ragan yig‘ilish tuman hokimi tashabbusi bo‘lganligi aytildi

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi maktab o‘qituvchilari ota-onalardan uzr so‘ragan yig‘ilish Marhamat tumani hokimining shaxsiy tashabbusi bo‘lganligini ma’lum qildi. Tuman hokimi Boburjon Yo‘ldoshev bu holatlar «o‘qituvchilarning ruhiyatiga ta’sir qilgan bo‘lsa», ulardan uzr so‘rashini aytdi.

Prezident akademik Turg‘unpo‘lat Daminov oilasiga ta’ziya bildirdi
9 fevral 2022, 10:43

Prezident akademik Turg‘unpo‘lat Daminov oilasiga ta’ziya bildirdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor, akademik Turg‘unpo‘lat Daminov 81 yoshida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning oila a’zolariga ta’ziya izhor etdi. Turg‘unpo‘lat Daminov ko‘p yillar davomida Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan.

SSV o‘zbekistonliklarni koronavirusga qarshi vaksina olishga chaqirdi
9 fevral 2022, 10:10

SSV o‘zbekistonliklarni koronavirusga qarshi vaksina olishga chaqirdi

Yanvar oyida Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga murojaat qilgan bemorlarning 96% koronavirusga qarshi vaksina olmaganligi aytildi. Kasallanganlarning faqat 4,1 foizi kovidga qarshi emlangan, ular orasida o‘lim holati qayd etilmagan. SSV vaksina olmagan bemorlarda kasallik og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kechib, o‘lim holatlari ham kuzatilganligini ta’kidladi.

Andijon viloyatida o‘qituvchilar ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilindi
9 fevral 2022, 07:57

Andijon viloyatida o‘qituvchilar ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilindi

Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktablardan birining direktori va o‘qituvchilari ta’lim sifati hamda bitiruvchilarning OTMlarga kirish darajasi pastligi uchun ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilindi. Bu ish hokim yordamchisi va tuman XTB rahbarining tashabbusi ekani aytilmoqda. XTV holatni keskin qoraladi. Jamoatchilik faollari hodisa uchun viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov javob berishi kerakligini aytishmoqda. Tuman va viloyat hokimligi ham munosabat bildirdi.

Qoraqalpog‘istonda yangi tug‘ilgan chaqaloq tunda ko‘chaga tashlab ketildi
8 fevral 2022, 22:31

Qoraqalpog‘istonda yangi tug‘ilgan chaqaloq tunda ko‘chaga tashlab ketildi

8 fevral kuni soat 03:00 larda Nukus shahrining Gone qala hududida ko‘chaga yangi tug‘ilgan chaqaloq tashlab ketilgani aniqlandi. Buni ko‘rgan fuqaro zudlik bilan tez yordamga murojaat qilgan. Uning aytishicha, tez yordam feldsheri Ikram Jumaniyazov sovuqdan himoya qilish maqsadida chaqaloqni ust kiyimiga o‘ragan va birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan. U hozirda reanimatsiyada, og‘ir ahvolda. Chaqaloqning onasi aniqlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

8 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 fevral 2022, 22:00

8 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi fantaziyalarini munosabat bildirgan siyosatchilar va jamoatchilik faollari, prezidentni haqorat qilgani uchun 3 yilga qamalgan bloger, so‘m ramzini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilgan Markaziy bank, Respublika maxsus komissiyasi faoliyati yuzasidan izoh bergan Ruslanbek Davletov, «shakar zavodlari bizga kerakmi?» degan savolni o‘rtaga tashlagan Mirkomil Xolboyev va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 8 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

2021-yilda Ombudsman aralashuvi bilan 53 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi
8 fevral 2022, 20:52

2021-yilda Ombudsman aralashuvi bilan 53 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi

2021-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakil aralashuvi bilan 53 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi. Jumladan, 48 nafar mahkumga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ahloq tuzatish ishlariga, 3 nafar mahkumni jazosi esa shartli ravishda ozod etishga va 2 nafar mahkumniki uy qamog‘iga almashtirilgan.

Andijon shahar XTB rahbarlari 57 mlrd so‘mni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda
8 fevral 2022, 20:12

Andijon shahar XTB rahbarlari 57 mlrd so‘mni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda

Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari 57 mlrd so‘m miqdoridagi moliyaviy qonunbuzarliklar, kamomad va o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Hozirda prokuratura mazkur ishni o‘rganmoqda.

Chor-Bakr madaniy merosi hududidagi yerlar noqonuniy tarzda auksionga qo‘yildi
8 fevral 2022, 17:34

Chor-Bakr madaniy merosi hududidagi yerlar noqonuniy tarzda auksionga qo‘yildi

Buxoro viloyatida XVI-XX asrlarda bunyod etilgan Chor-Bakr yodgorlik majmuasining muhofaza tegralaridagi yer uchastkalari ijara va mulk huquqi asosida auksionga qo‘yilgani aniqlandi. Ushbu majmua YUNESKOning Umumjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

2021-yilda 2,7 mingdan ortiq fuqaroning bank kartasidan pul o‘g‘irlangan
8 fevral 2022, 17:02

2021-yilda 2,7 mingdan ortiq fuqaroning bank kartasidan pul o‘g‘irlangan

2021-yilda 2700 dan ortiq fuqaro bank kartalaridan pul o‘g‘irlanganligi bo‘yicha ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. So‘nggi paytlarda bank kartalaridan pul o‘g‘irlash holatlari ko‘payib bormoqda. IIV fuqarolardan bank kartalari ma’lumotlarini va tasdiqlash kodlarini hech kimga bermaslikni so‘radi.

«Toshkentshahargaz»ning sobiq xodimi firibgarlikda gumonlanib, qo‘lga olindi
8 fevral 2022, 16:13

«Toshkentshahargaz»ning sobiq xodimi firibgarlikda gumonlanib, qo‘lga olindi

«Toshkentshahargaz» korxonasining sobiq xodimi oilaviy korxonani gaz tarmog‘iga ulash uchun hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 16,5 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Xalqaro press-klubga yangi rais saylandi
8 fevral 2022, 16:13

Xalqaro press-klubga yangi rais saylandi

Jaloliddin Usmonov Xalqaro press-klubning yangi raisi etib saylandi. Bungacha press klub raisi bo‘lgan Sherzodxon Qudratxo‘ja esa Firdavs Abduholiqovning o‘rniga O‘zEOAVMA boshqaruv raisi etib tayinlangandi.

«Qashqadaryo hokimligi va IIB qonunni buzgan». Antimonopoliya qo‘mitasi Qashqadaryodagi chigit ishi haqida
8 fevral 2022, 16:03

«Qashqadaryo hokimligi va IIB qonunni buzgan». Antimonopoliya qo‘mitasi Qashqadaryodagi chigit ishi haqida

Antimonopoliya qo‘mitasi samarqandlik tadbirkor 100 tonna chigit mahsulotini Qashqadaryodan olib chiqib keta olmagan holatni o‘rganib, o‘z munosabatini bildirdi. Ta’kidlanishicha, Qashqadaryo viloyati hokimligi va viloyat IIB tomonidan «Raqobat to‘g‘risida» gi qonunning 12-moddasi talablari buzilgan. Qo‘mita tadbirkor zarar ko‘rgan holatda viloyat hokimligi va IIB ustidan sudga murojaat qilishi mumkinligini eslatib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting