Jaloliddin Usmonov Xalqaro press-klubning yangi raisi etib saylandi. Bu haqda 8 fevral kuni Xalqaro press-klubning jamoatchilik kengashi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Jaloliddin Usmonov 1983 yil 24 sentabrda tug‘ilgan. Shu paytga qadar bir necha yillar davomida Xalqaro press-klubda bo‘lim boshlig‘i, ijrochi direktor sifatida ishlagan.

So‘nggi ikki yil mobaynida avval Senat, keyinchalik esa Markaziy saylov komissiyasi raisining matbuot kotibi — axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bu vaqtgacha press-klub raisi bo‘lgan Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy Assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) boshqaruv raisi etib tayinlangandi. Avvalroq, O‘zEOAVMAni boshqargan Firdavs Abduholiqov esa Sevimli telekanali bilan bog‘liq mojarolardan so‘ng mazkur lavozimdan ketgan edi.