27 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:52 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila koordinatalari: 41,69 gradus shimoliy kenglik; 71,82 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda — 4,5. Chuqurlik — 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 222 km shimoliy-sharqda joylashgan.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Yangiqo‘rg‘on tumanida 3 ball, 48 km.
  • Kosonsoy tumanida 2−3 ball, 61 km.
  • Chortoq tumanida 2−3 ball, 63 km.
  • Uychi tumanida 2 ball, 74 km.
  • Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 76 km.
  • Namangan shahrida 2 ball, 78 km.

Zilzila Toshkentda ham sezilgan, biroq silkinish kuchi seysmik markaz ma’lumotida ko‘rsatilmadi.

27 iyulga o‘tar kechasi Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 5,6 magnitudali zilzila ham O‘zbekistonda sezildi. O‘choq 200 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 526 km. O‘zbekiston shaharlaridagi yer silkinishlarining kuchi haqida ma’lumot berilmadi.