Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston hukumatini terroristik tashkilotlar bilan aloqalarni uzishga chaqirdi

O‘zbekiston prezidenti Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzishga chaqirdi. Bu haqda u Afg‘oniston TIV rahbari v.b. Amirxon Muttaqiy ishtirok etayotgan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ta’kidladi.

«Inklyuziv hukumat tuzilishi — afg‘on xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir» — Vladimir Norov

Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov xalqaro konferensiyada Afg‘oniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «inklyuziv hukumat tuzilishi, xotin-qizlar huquqlari ta’minlanishi, afg‘onlar maktab ta’limiga qabul qilinishi — afg‘on xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir».

Afg‘on aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash muammolarni hal etishning asosiy omillaridan biri — TIV

Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Afg‘onistonning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash mamlakatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishning asosiy omillaridan biri ekanligini ta’kidladi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev ham xalqaro hamjamiyatga aktivlarni qaytarishni taklif qilgandi.

Chilonzorda erkak xotini, farzandi, qaynona va qaynopasini pichoqladi

Poytaxtning Chilonzor tumanida er o‘zining turmush o‘rtog‘i, 7 yoshli farzandi, qaynonasi va qaynopasini pichoqlaganlikda gumonlanmoqda. Hozirda bemorlarning holati barqaror.

Elektr energiyasi iste’moli eng yuqori tarixiy ko‘rsatkichdan oshib ketdi — Energetika vazirligi

O‘tgan haftada O‘zbekistonda o‘rtacha kunlik elektr energiyasi iste’moli eng yuqori tarixiy ko‘rsatkichga yetdi. 22 iyulda bu raqam 237 mln kVt/soatni tashkil etdi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Rossiya muzlatilgan 7 mlrd dollarni Afg‘onistonga qaytarishni yoqlab chiqdi

Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda Rossiya maxsus vakili muvaqqat hukumatning xorijda muzlatilgan 7 mlrd dollarni qaytarish bo‘yicha talablarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. «Fuqarosi kuniga 1 dollardan kam daromad oladigan davlatning 7 mlrd dollarini o‘g‘irlash jinoyat hisoblanadi», — dedi u.

«Munosabatlarning normallashuvi Afg‘oniston hukumatining tan olinishiga yo‘l ochadi» — Abdulaziz Kamilov

O‘zbekistonning tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston hukumatini yaqin kelajakda tan olish masalasi hozir kun tartibida yo‘qligini ta’kidladi. Biroq u «Tolibon» harakati va jahon hamjamiyatining umumiy til topishga harakat qilayotgani ijobiy tendensiya ekanligini aytdi.

«Biz barcha va’dalarimizni bajaryapmiz, endi AQSh ham o‘z va’dalarini bajarsin» — Amirxon Muttaqiy

Afg‘oniston muvaqqat hukumati TIV rahbari Amirxon Muttaqiy mamlakat barcha va’dalarini bajarayotganini aytib, AQShni «so‘zsiz va hech qanday shartlarsiz» afg‘on aktivlarini qaytarishga chaqirdi. U barchani Afg‘onistonga mintaqada xavfsizlik va barqarorlikka xizmat qiladigan sarmoyalar kiritishga ham chorladi.

Tadbirkor Rahmiddin Mirzayev o‘z joniga qasd qildi — Bosh prokuratura

Andijonlik tadbirkor, Rash Milk kompaniyasi asoschisi Rahmiddin Mirzayev 46 yoshida vafot etdi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z uyining bog‘ida osilgan holda topilgan.

Tadbirkorlarga mahallalarda mikromarkaz tashkil qilish uchun davlat yerlari 5 yilga ijaraga beriladi

Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil qilish uchun davlat mulki obyektlari 5 yil muddatga ijaraga beriladi. Bunda tadbirkor obyektni o‘zi rekonstruksiya qiladi yoki bino-inshootlarni quradi.

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda shaffoflikni oshiradi

O‘zgidromet hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasida kengaytirilgan shaffoflik tizimini yaratish bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirmoqda.

Ikki viloyatda ona tili va matematika bo‘yicha yangi darsliklar joriy etilmoqda

USAID Xalq ta’limi vazirligiga ona tili va o‘qish savodxonligi hamda 1−4-sinflar bo‘yicha matematika o‘qituvchilari uchun 500 mingga yaqin yangi darslik va qo‘llanmalar taqdim etdi. Ular Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 919 ta maktabda sinovdan o‘tkazilib, so‘ng barcha maktablarda joriy etiladi.

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 19 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning turli shaharlarida ota-ona qaramog‘isiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan 19 bola O‘zbekistonga olib kelindi. Ularning har biri SSV xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.