28−29 iyul kunlari O‘zbekiston hududining aksariyat qismida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet rahbari Sherzodxuja Xabibullaxuja o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, payshanba va juma kunlari harorat nisbatan pasayadi.

Avvalroq, hafta oxiriga kelib, O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy viloyatlaridagi nisbatan salqin havo butun mamlakatga tarqalib, havo harorati +33…+36 darajagacha tushishi xabar qilingandi.