Jamiyat

O‘zbekistondagi maktablarning 70 foizi kanalizatsiya tizimiga ulanmagan — MHTI
6 mart 2024, 11:22

O‘zbekistondagi maktablarning 70 foizi kanalizatsiya tizimiga ulanmagan — MHTI

O‘zbekistondagi maktablarning bor-yo‘g‘i 30 foizi kanalizatsiya tizimiga ulangan, 70,5 foizida “vodoprovod” mavjud, maktablarning 4,6 foizi umuman yaroqsiz holatda, umumta’lim tizimiga sarflanayotgan davlat budjeti xarajatlari nomutanosib taqsimlangan, deyiladi MHTI tadqiqoti natijalarida.

BMT prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etiladi
6 mart 2024, 10:53

BMT prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etiladi

O‘zbekistonda BMTning rasmiy statistika sifatini ta’minlash bo‘yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etililadi. Rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi.

Prezident 8-mart munosabati bilan 74 nafar xotin-qizlarni mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi
6 mart 2024, 10:40

Prezident 8-mart munosabati bilan 74 nafar xotin-qizlarni mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi

Shavkat Mirziyoyev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyatda faollik ko‘rsatib kelayotgan 74 nafar xotin-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotlash bo‘yicha farmon imzoladi. (To‘liq ro‘yxat)

Farg‘onada o‘qituvchi telefon uloqtirgan o‘quvchining boshi yorildi
6 mart 2024, 10:09

Farg‘onada o‘qituvchi telefon uloqtirgan o‘quvchining boshi yorildi

Marg‘ilon shahridagi maktabda ingliz tili o‘qituvchisi ruxsatsiz hojatxonaga chiqib ketgani uchun o‘quvchining boshiga telefon uloqtirdi. Oqibatda uning boshi yorildi, maktab hamshirasi bolaga birinchi yordam ko‘rsatdi. Hozirda bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda.

Aholini ro‘yxatga olishning nima keragi bor va nega O‘zbekistonda bu ish 34 yildan beri qilinmayapti?
6 mart 2024, 09:30

Aholini ro‘yxatga olishning nima keragi bor va nega O‘zbekistonda bu ish 34 yildan beri qilinmayapti?

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish so‘nggi bor 1989-yili o‘tkazilgan. Yangisi 2022-yilga reja qilingan edi, pandemiya sabab 2023-yilga qoldirildi, ammo baribir o‘tkazilmadi. O‘zi uning nima keragi bor, u qanday foyda keltiradi va uni kechiktirish nimasi bilan xatarli — “Gazeta.uz” shu haqda ma’lumot beradi.

Toshkentning ayrim hududlariga havoga zararli moddalar chiqaradigan avtomobillar kirishi cheklanadi (+foto)
5 mart 2024, 23:46

Toshkentning ayrim hududlariga havoga zararli moddalar chiqaradigan avtomobillar kirishi cheklanadi (+foto)

Toshkent ekologik zonalarga bo‘linadi. Ularga kirishni avtomobil chiqaradigan ifloslantiruvchi moddalar darajasiga qarab cheklash rejalashtirilgan. Bu darajani aniqlash va avtomobilni RFID stikerlari bilan belgilash Fayzoboddagi diagnostika markazida bo‘ladi. Prezident markaz faoliyati bilan tanishdi. Foto.

5-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
5 mart 2024, 21:56

5-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

11-martdan boshlanadigan Ramazon oyi, benzin import qilishdagi muammolar, uchta tumanga tayinlangan hokimlar, 5 yil ichida taqiqlangan mingdan ortiq manba va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Italiyalik uch sportchi o‘zbekistonlik 17 yoshli qilichboz qizni zo‘rlagani aytilmoqda. Federatsiya hodisani rad etdi
5 mart 2024, 18:32

Italiyalik uch sportchi o‘zbekistonlik 17 yoshli qilichboz qizni zo‘rlagani aytilmoqda. Federatsiya hodisani rad etdi

Italiya matbuoti mamlakat o‘smirlar terma jamoasining uch nafar a’zosi o‘zbekistonlik 17 yoshli qilichboz qizni zo‘rlaganlikda gumonlanayotgani haqida xabar berdi. O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi raddiya e’lon qilib, Italiya qilichbozlik federatsiyasini “maxsus tayyorlangan yolg‘on xabar"da aybladi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Bahodir Jalolov boks sporti mahorat maktabini borib ko‘rdi (Foto, video)
5 mart 2024, 17:50

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Bahodir Jalolov boks sporti mahorat maktabini borib ko‘rdi (Foto, video)

Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabiga bordi. U yerga ilk bor 2022-yilda yosh sportchilar qabul qilingan, hozir 50 nafar o‘quvchi saboq olmoqda. Boks maktabi 175 o‘ringa mo‘ljallangan, 5−11-sinflarga har yili 25 nafardan o‘quvchi olinadi.

Uzum ekspertlari Jahon bankining Dushanbeda bo‘lib o‘tgan konferensiyasida ishtirok etdi
5 mart 2024, 17:00

Uzum ekspertlari Jahon bankining Dushanbeda bo‘lib o‘tgan konferensiyasida ishtirok etdi

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan E-GATE konferensiyasi doirasida Uzum ekotizimi ekspertlari va Uzum Market marketpleysining sotuvchilari 19 ta davlat vakillari bilan E-commerce sohasidagi bilimlari bilan almashishdi.

Shota Rustaveli ko‘chasidagi “stalinka”ni qanday kelajak kutyapti?
5 mart 2024, 15:53

Shota Rustaveli ko‘chasidagi “stalinka"ni qanday kelajak kutyapti?

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uyning buzilishi mumkinligi haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tuman va shahar hokimliklari “snos” qarori yo‘qligini ma’lum qildi. Uyda hozircha odamlar yashab turibdi, bo‘shatilgan xonadonlarda esa derazalar demontaj qilinmoqda. Quruvchi kim ekani noma’lum.

O‘zbekistonda 5 yilda mingdan ortiq manbaa taqiqlangan
5 mart 2024, 15:46

O‘zbekistonda 5 yilda mingdan ortiq manbaa taqiqlangan

O‘zbekistonda 2019-yildan beri Oliy sudning 80 dan ortiq qarori asosida 1000 dan ziyod manbaa taqiqlangan. Ulardagi materiallar diniy aqidaparastlik, ekstremistik va terroristik g‘oyalarini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan deb topilgan.

“Bizni hovlimizdan haydab chiqarishmoqchi”. Aholi futbol maydoni o‘rnida rejalashtirilgan qurilishga qarshi kurashni davom ettirmoqda
5 mart 2024, 15:14

“Bizni hovlimizdan haydab chiqarishmoqchi”. Aholi futbol maydoni o‘rnida rejalashtirilgan qurilishga qarshi kurashni davom ettirmoqda

Poytaxtning Yunus Rajabiy mahallasi aholisi, bir yarim yildirki, futbol maydoni va yashil hudud o‘rnida rejalashtirilgan besh qavatli bino qurilishiga qarshi kurashmoqda. Toshkent futbol assotsiatsiyasi bolalar mashg‘ulot o‘tkazadigan joyni saqlab qolishga urindi. Voqealar rivoji — “Gazeta.uz” materialida.

O‘zbekiston Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun 2024” indeksida muvaffaqiyatli beshlikka kirdi
5 mart 2024, 14:22

O‘zbekiston Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun 2024” indeksida muvaffaqiyatli beshlikka kirdi

Jahon banki huquqiy sohada gender tenglikka erishish bo‘yicha “Ayollar, biznes va qonun 2024” yillik hisobotini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston beshta ilg‘or o‘zgarishlar qilgan davlatlar qatoriga kirdi. Bunda asosan 2 ko‘rsatkich: “mehnatga haq to‘lash” va “nikoh” doirasidagi holat hisobga olingan.

Toshkentda yo‘lovchiga jinsiy aloqa taklif qilgan avtobus chiptachisi 3 sutkaga qamaldi
5 mart 2024, 12:29

Toshkentda yo‘lovchiga jinsiy aloqa taklif qilgan avtobus chiptachisi 3 sutkaga qamaldi

Toshkent shahridagi 9t-sonli avtobusining chiptachisi yo‘lovchi ayolga jinsiy aloqa qilishni taklif etib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan. Sud hukmiga ko‘ra ayblanuvchi 3 sutkaga qamaldi.

Toshkent viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
5 mart 2024, 12:10

Toshkent viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida epitsentri Bo‘stonliq tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2 ballni tashkil etdi.

Navro‘z bayramida katta tadbirlar o‘tkaziladi, ungacha umumxalq hasharlari bo‘lib o‘tadi
5 mart 2024, 11:30

Navro‘z bayramida katta tadbirlar o‘tkaziladi, ungacha umumxalq hasharlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayramida barcha hududlarda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi. Bayram munosabati bilan respublikada umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.

Ekspertlar Uzbekistan Tech Conference`da Uzum ekotizimini taqdim etishdi
5 mart 2024, 11:00

Ekspertlar Uzbekistan Tech Conference`da Uzum ekotizimini taqdim etishdi

28-fevral kuni Qatar da Uzbekistan Tech Conference bo‘lib o‘tdi. Unda Uzum va Raqamli Texnologiyalar Vaziriligi vakillari O‘zbekistonning raqamli xizmatlar sohasidagi yutuqlari haqida so‘zlab berishdi.

Asaka tumani hokimining o‘rinbosari va tuman Ichki ishlar bo‘limi sobiq xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi
5 mart 2024, 10:54

Asaka tumani hokimining o‘rinbosari va tuman Ichki ishlar bo‘limi sobiq xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi

Andijon viloyatida Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasining sobiq xodimi, tuman prokurori o‘rinbosari va tuman o‘rinbosari pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi.

Toshkentda uchta mashina ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi
5 mart 2024, 10:36

Toshkentda uchta mashina ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Shayxontohur tumanida Spark, Nexia 2 va Lacetti avtomashinalari to‘qnashdi. YTH oqibatida Nexia 2 haydovchisi vafot etdi, 16 yoshli Spark haydovchisi va uning yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting