Web Summit Qatar halqaro texnologik konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan Uzbekistan Tech Conference`da O‘bekistonning Qatar dagi elchixonasi va raqamli texnologiyalar vazirligi, shuningdek, Uzum va mamlakatning boshqa IT-kompaniyalari vakillari O‘zbekistonning raqamli xizmatlarini rivojlantirishdagi yutuqlari va istiqbollari haqida so‘zlab berishdi.

reklama, uzum-technologies

Konferensiyaning maqsadi O‘zbekiston va Qatar kompaniyalari va investitsiya fondlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va strategik sheriklikni rivojlantirish bo‘ldi.

“Uzum jamoasi yutuqlarini va bugungi kunda mamlakatda, jumladan, raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park faoliyati tufayli ro‘y berayotgan global o‘zgarishlarni namoyish etishdan g‘oyat mamnunmiz. Bir yarim yil ichida biz mamlakatning 10 mlndan ortiq aholisi tomonidan har oyda foydalaniladigan milliy raqamli ekotizimni qurdik, bu noyob tajriba va ajoyib o‘sish. Va, albatta, bizning faxrimiz — O‘zbekistonning yaxshi mutaxassislari ishlaydigan jamoadir”, — dedi Uzum operatsion direktori Roman Lavrentev.

reklama, uzum-technologies

“Bugungi kunda O‘zbekiston — mintaqadagi tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlardan biri bo‘lib, onlayn savdo bozorining o‘sish tempi bo‘yicha mamlakat Markaziy Osiyoda yetakchilardan biri deb hisoblanadi. Biz xalqaro kompaniyalar va investorlarning katta qiziqishini ko‘rmoqdamiz va mamlakatning yetakchi kompaniyalari tajribasini taqdim etishdan mamnunmiz”, — dedi O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov.

Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning IT-investitsiyalar loyihaviy ofisi, O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi, shuningdek, IT Park va UZINFOCOM yagona integratori Uzbekistan Tech Conference` ning tashkilotchilari bo‘ldi.

Reklama huquqlari asosida.