Jahon bankining Elevating Global Access Through E-commerce in Tajikistan konferensiyasida Uzum ekotizimining ekspertlari, shuningdek, Uzum Market milliy marketpleysining sotuvchilari ishtirok etdi. Konferensiya Tojikistonda elektron tijorat bo‘yicha birinchi halqaro forumlar qatorida bo‘ldi.

reklama, uzum

Konferensiyada Jahon banki, E-commerce platformalari, davlat organlari, moliya va bank servislari va 19 mamlakatdan logistika kompaniyalari ekspertlari shaxsan ishtirok etdi. Tadbirning maqsadi — kichik va o‘rta biznes korxonalari o‘rtasida bilim va resurslar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Markaziy Osiyo mamlakatlarining xalqaro tashkilotlari, davlat organlari, kichik va o‘rta bizneslari o‘rtasida muloqot maydonchasini tashkil etish.

“Elektron tijoratning zamonaviy iqtisodiyotdagi asosiy rolini e’tirof etgan holda, E-GATE dasturi orqali Jahon banki Tojikistonning elektron tijoratni rivojlantirishga intilishini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. E-GATE dasturi orqali biz Tojikistonning kichik va o‘rta biznesiga global B2B elektron tijorat platformalariga zarur bo‘lgan a’zolikni taklif qilamiz, bu esa oflayn formatda bo‘lmagan bozorga kirish imkonini beradi, hukumatga qulay qonunchilikni ishlab chiqishda texnik yordam ko‘rsatamiz va salohiyatni oshirish tadbirlari orqali global bilimlarni mamlakatning elektron savdo maydonchalari baham ko‘ramiz”, — dedi Ozan Sevimli, Jahon bankining Tojikistondagi doimiy vakili.

reklama, uzum

“Dastlabki bosqichda elektron tijorat bozorining barcha o‘yinchilari bir xil vazifalarni hal qilishlari kerak: infratuzilmani qurish, tadbirkorlar va foydalanuvchilarni o‘qitish, normativ-huquqiy bazani shakllantirish uchun davlat organlari bilan faol muloqotni davom ettirish. O‘zbekistonda umuman bozor va xususan milliy marketpleysning o‘sishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Keyingi besh yil ichida KPMG prognozlariga ko‘ra E-commerce mamlakatda 7 baravar o‘sadi, bizning platformamiz 2023-yilda yilga qaraganda 23 baravar o‘sdi, bu mamlakatda onlayn savdoga bo‘lgan talabni ko‘rsatadi. Ishonchim komilki, bizning tajribamiz va Tojikiston tadbirkorlari bilan faol muloqot olib borayotgan Uzum Market sotuvchilarining tajribasi mamlakatda onlayn savdoni rivojlantirish uchun foydali bo‘ladi”, — dedi Uzum strategiya va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Nikolay Seleznev.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston sellerlari assotsiatsiyasi va Tojikiston kichik va o‘rta biznes milliy Assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Konferensiya Tojikiston, Markaziy Osiyo mamlakatlari va jahon E-commerce hamjamiyati o‘rtasida samarali munosabatlarni o‘rnatish va O‘zbekiston investitsiya salohiyatini ochish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdagi qadam bo‘ladi.

Reklama huquqlari asosida.