Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash chora-tadbirlari bilan tanishdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Xabarda ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda ekologik muammolar, ayniqsa, havo tozaligi “keng jamoatchilikni tashvishga solmoqda”.

havo ifloslanishi, shavkat mirziyoyev

“Ekologik xavfsizlik talablariga javob bermaydigan avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlar va yo‘llardagi tirbandliklar buning asosiy sabablaridan biridir”, — deyiladi xabarda.

Avtotransport vositalarining zararli tashlanmalari bilan bog‘liq ekologik muammolarni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahri Mirobod tumani Fayzobod mahallasida joylashgan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi diagnostika markaziga aylantirildi.

havo ifloslanishi, shavkat mirziyoyev

Markaz faoliyatini tashkil etishda Germaniya, Belgiya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar shaharlarining ekologik muhitini muhofaza qilish sohasidagi ilg‘or tajriba inobatga olingan, deyiladi xabarda.

“Bu yerda transport vositalariga davlat raqam belgisi biriktirish va qayd etish guvohnomasini topshirish jarayoni turli byurokratik to‘siqlar va ovoragarchilikdan xoli qilingan, inson omili minimal darajaga tushirilgan. Avval avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni olti-yetti bosqichda amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda bosqichlar soni uchtaga qisqardi”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

havo ifloslanishi, shavkat mirziyoyev

Endilikda markazda avtomobildan chiqayotgan zararli moddalar miqdori tekshiriladi va ekologik tekshiruv natijasidan kelib chiqib RFID chip o‘rnatilgan “qizil”, “sariq” yoki “yashil” yorliq (stiker) mashinaning old oynasiga yopishtiriladi.

Kelgusida joriy ekologik vaziyatdan kelib chiqib, shahar hududi bir nechta ekologik zonalarga ajratiladi va transport vositalarining havoga chiqarayotgan zararli moddalari darajasiga ko‘ra, ya’ni stiker rangiga qarab, ayrim ekologik zonalarga kirishni bosqichma-bosqich cheklash taklif etilmoqda.

Bunda ekologik zonalarga ruxsat etilmagan transport vositalarining kirishi avtomatlashtirilgan holda nazorat qilinadi. Qoidabuzarlik natijasida kelib tushayotgan jarimalar hududning ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

havo ifloslanishi, shavkat mirziyoyev

Tizim to‘laqonli ishlashi uchun mamlakat bo‘ylab 100 ga yaqin havoni monitoring qilish avtomatik stansiyalari o‘rnatilishi, transport vositalarining atmosferaga chiqarayotgan zarari darajasini baholash uchun 84 ta ro‘yxatga olish-diagnostika markazlarini, shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining 216 ta hududiy tuman bo‘linmalarini zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.

havo ifloslanishi, shavkat mirziyoyev

O‘z navbatida aholi uchun elektromobillarni xarid qilishni rag‘batlantirish, shu jumladan, bunday toifadagi avtomobillar uchun davlat raqamlarini berishda undiriladigan to‘lov miqdorlarini kamaytirish yuzasidan aniq amaliy choralar ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida 2030-yilgacha “Yevro-5” va undan yuqori standartlarga javob bermaydigan avtotransport vositalarining ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanadi.