dayjest

Ramazon oyi 11-martdan boshlanadi — Musulmonlar idorasi

Musulmonlari idorasi Ramazon oyining birinchi kuni 11-mart, dushanbaga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.


dayjest

“Bizni hovlimizdan haydab chiqarishmoqchi”. Aholi futbol maydoni o‘rnida rejalashtirilgan qurilishga qarshi kurashni davom ettirmoqda

Poytaxtning Yunus Rajabiy mahallasi aholisi, bir yarim yildirki, futbol maydoni va yashil hudud o‘rnida rejalashtirilgan besh qavatli bino qurilishiga qarshi kurashmoqda. Toshkent futbol assotsiatsiyasi bolalar mashg‘ulot o‘tkazadigan joyni saqlab qolishga urindi. Voqealar rivoji — “Gazeta.uz” materialida.


dayjest

Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etdi

Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etdi. U 2022-yilning dekabrida o‘zlashtirish, talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi kabi jinoyatlarda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.


dayjest

Toshkent viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida epitsentri Bo‘stonliq tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2 ballni tashkil etdi.


dayjest

O‘zbekistonga benzin importini nimalar qiyinlashtirmoqda?

Raqobat qo‘mitasi benzin importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning yettita asosiy muammosini o‘rgandi. Ular orasida temir yo‘l logistikasining qimmatligi, kredit yuklamasining yuqoriligi, majburiy sertifikatlash talabi, katta hajmdagi benzinni saqlash uchun sig‘imlarning yo‘qligi va boshqalar bor.


dayjest

Navro‘z bayramida katta tadbirlar o‘tkaziladi, ungacha umumxalq hasharlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayramida barcha hududlarda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi. Bayram munosabati bilan respublikada umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.


dayjest

Jamoliddin Xodjimanov Guliston shahri hokimi bo‘ldi

Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Jamoliddin Xodjimanov Guliston shahri hokimi etib tayinlandi. Shaharning avvali hokimi sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ozod etilgandi.


dayjest

Toshkentda uchta mashina ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Shayxontohur tumanida Spark, Nexia 2 va Lacetti avtomashinalari to‘qnashdi. YTH oqibatida Nexia 2 haydovchisi vafot etdi, 16 yoshli Spark haydovchisi va uning yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.


dayjest

AQSh qirg‘izistonliklar uchun sayyohlik va ishbilarmonlik vizalari muddatini 5 yildan 10 yilga uzaytirdi

AQSh Qirg‘iziston fuqarolariga beriladigan sayyohlik va ishbilarmonlik vizalarining amal qilish muddatini 5 yildan 10 yilgacha uzaytirdi. Bundan tashqari, Qirg‘iziston pasporti egalari uchun B1, B2 va B1/B2 vizasiga ariza topshirish uchun 20 dollar miqdoridagi yig‘im bekor qilindi.


dayjest

Asaka tumani hokimining o‘rinbosari va tuman Ichki ishlar bo‘limi sobiq xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi

Andijon viloyatida Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasining sobiq xodimi, tuman prokurori o‘rinbosari va tuman o‘rinbosari pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi.


dayjest

Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi O‘zbekistonga 100 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 100 mln dollarlik “Murabaha” moliyalashtirish bitimini va agentlik kelishuvini imzoladi. Mablag‘ oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 24 oygacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.


dayjest

Italiyalik uch sportchi o‘zbekistonlik 17 yoshli qilichboz qizni zo‘rlagani aytilmoqda. Federatsiya hodisani rad etdi

Italiya matbuoti mamlakat o‘smirlar terma jamoasining uch nafar a’zosi o‘zbekistonlik 17 yoshli qilichboz qizni zo‘rlaganlikda gumonlanayotgani haqida xabar berdi. O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi raddiya e’lon qilib, Italiya qilichbozlik federatsiyasini “maxsus tayyorlangan yolg‘on xabar"da aybladi.


dayjest

O‘zbekistonda 5 yilda mingdan ortiq manbaa taqiqlangan

O‘zbekistonda 2019-yildan beri Oliy sudning 80 dan ortiq qarori asosida 1000 dan ziyod manbaa taqiqlangan. Ulardagi materiallar diniy aqidaparastlik, ekstremistik va terroristik g‘oyalarini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan deb topilgan.


dayjest

O‘zbekiston Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun 2024” indeksida muvaffaqiyatli beshlikka kirdi

Jahon banki huquqiy sohada gender tenglikka erishish bo‘yicha “Ayollar, biznes va qonun 2024” yillik hisobotini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston beshta ilg‘or o‘zgarishlar qilgan davlatlar qatoriga kirdi. Bunda asosan 2 ko‘rsatkich: “mehnatga haq to‘lash” va “nikoh” doirasidagi holat hisobga olingan.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Bahodir Jalolov boks sporti mahorat maktabini borib ko‘rdi (Foto, video)

Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabiga bordi. U yerga ilk bor 2022-yilda yosh sportchilar qabul qilingan, hozir 50 nafar o‘quvchi saboq olmoqda. Boks maktabi 175 o‘ringa mo‘ljallangan, 5−11-sinflarga har yili 25 nafardan o‘quvchi olinadi.


dayjest

Fransiya o‘z Konstitutsiyasiga abort huquqini kiritgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi

Fransiya o‘z Konstitutsiyasida abort qilish huquqini mustahkamlab qo‘ygan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirish ko‘pchilik deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Prezident Emmanuel Makron qarorni milliy g‘urur va butun dunyoga signal deb atadi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Oksana Chusovitina nomidagi sport maktabiga tashrif buyurdi (+foto)

Prezident Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika sport mahorati maktabiga tashrif buyurdi. Muassasa 1−11-sinflardagi 105 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Bu yerda 91 nafar bola tahsil olmoqda. Ular qo‘shni 175-maktabda umumiy ta’lim darslarida qatnashadi.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

Shota Rustaveli ko‘chasidagi “stalinka"ni qanday kelajak kutyapti?

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uyning buzilishi mumkinligi haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tuman va shahar hokimliklari “snos” qarori yo‘qligini ma’lum qildi. Uyda hozircha odamlar yashab turibdi, bo‘shatilgan xonadonlarda esa derazalar demontaj qilinmoqda. Quruvchi kim ekani noma’lum.