O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘zining samarali mehnatini ko‘rsatib, jamiyatdagi islohotlar jarayonida faol qatnashib kelayotgan bir guruh xotin qizlarni mukofotlash bo‘yicha farmon chiqardi. Unga ko‘ra:

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Annaklicheva Gulistan Axmedovna — “Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi bosh muharriri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Bag‘ishova Bilimxon Alimbekovna — Chortoq tumanidagi “Soz-soy” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati
  • Jo‘raqulova Rano Muhamedjanovna — Samarqand viloyati musiqali drama teatrining drama artisti
  • Raximova Guloro — Xorazm viloyati musiqali drama teatrining yetakchi sahna ustasi
  • Raximova Rayxon Abdurasulovna — Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kursi direktori
  • Egamberdiyeva Turgunoy Axamadjonovna — Farg‘ona davlat universitetining O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Aymuratova Liza Aytmuratovna — “Quo‘anish jarma” irrigatsiya tizimi boshqarmasi muhandis-gidrotexnigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Aslonova Emma Sergeyevna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi
  • Axmedova Maxsuma To‘xtamurodovna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
  • Baxramova Rizvon Axrorovna — Buxoro viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi
  • Voxidova Matlubaxon Manonovna — So‘x tumanidagi “Mulki Bovohid” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati
  • Djakeyeva Zamira Derbisovna — Tomdi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i, Navoiy viloyati
  • Djuraliyeva Azamat Turayevna — Termiz tumanidagi “Temur bobo” fermer xo‘jaligi agronomi, Surxondaryo viloyati
  • Do‘liboyeva Barchinoy Abdurasulovna — Baxmal tumanidagi “Barlos” folklor jamoasi badiiy rahbari, Jizzax viloyati
  • Yesimxanova Regina Aleksandrovna — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent yuk vagon deposi vagon yig‘uv sexi kran mashinisti
  • Zyangurova Ruzaliya Shafkatovna — Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sport maktabining yengil atletika bo‘yicha murabbiysi
  • Iskandarova Roza Raxmanovna — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya pedagogikasi kafedrasi dotsenti
  • Kayumova Malikaxon Abduraximovna — Pop tumanidagi “Papfen” mas’uliyati cheklangan jamiyati operatori, Namangan viloyati
  • Muradova Gulzira Sariyevna — Mirishkor tumanidagi “Yangi Mirishkor agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati
  • Sergeyeva Yuliya Vladimirovna — O‘rta Chirchiq tumanidagi “Kim Pen Xva chorva” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
  • Xamroyeva Gulnoza Mamatmuratovna — Pastdarg‘om tumanidagi 8-oilaviy bolalar uyi rahbari, Samarqand viloyati
  • Xodjayeva Sayyora Ataxanovna — Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori
  • Sherova Saodat Otajanovna — Shovot tumanidagi “Shovot qal’a bioservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
  • Ergaziyeva Mayramxon Satvoldiyevna — “Hunarmand” uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi a’zosi, do‘ppido‘z
  • Yagafarova Nailya Munirovna — “12-trest” aksiyadorlik jamiyatining arxitektorlar va dizaynerlar bo‘limi yetakchi arxitektori, Toshkent shahri

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

  • Bafoyeva Sidiqa Xamroyevna — Kogon shahridagi “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Buxoro viloyati
  • Norbayeva Zevarjon Tangriberganovna — Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining kimyo fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Tashmatova Zulfiya Azizovna — Chilonzor tumanidagi “Ko‘rkam” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

  • Buriyeva Sharofat — Paxtachi tumanidagi “Hakimqul” oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati
  • Normurodova Ma’rifat Egamurodovna — Sherobod tumanidagi “Euro Med Plus” diagnostika va davolash markazi rahbari, Surxondaryo viloyati
  • Xolboyeva Gulnoz Baxadirovna — Toshkent shahri tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi anesteziolog- reanimatologi

“Sog‘lom turmush” medali bilan

  • Azimova Rano Ismailjanovna — Xonobod shahridagi “Kampirrovot” oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Andijon viloyati
  • Xalikova Olga Andreyevna — Yuqori Chirchiq tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

  • Imamova Yulduz Allanazarovna — Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Surxondaryo viloyati
  • Rasulova Gulbaxor Obidovna — Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasining 2-ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Jizzax viloyati

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

  • Atadjanova Dildora Adilbek qizi — Sergeli tumanidagi “Dalatech Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
  • Mamatmo‘minova Iqbol Erkin qizi — Sho‘rchi tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Surxondaryo viloyati
  • Mashrabova Muxlisa Alijon qizi — Andijon davlat universitetining san’atshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi, Andijon viloyati
  • Xudoyberdiyeva Malika Valijon qizi — Uchquduq tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Navoiy viloyati

“Shuhrat” medali bilan

  • Abdug‘ofurova Feruzaxon Tojimatovna — Buloqboshi tumanidagi “To‘lan fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
  • Abdukarimova Saodat Jumanazarovna — Yangiariq tumani “Yangiariq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Xorazm viloyati
  • Ametova Gauxar Gulmuratovna — “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining bo‘lim muhandisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Atoyeva Rahima Kamolovna — Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Buxoro viloyati
  • Achilova Firuza Kurbanovna — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali logistikada axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, Qashqadaryo viloyati
  • Bobokulova Gulnora Normatovna — Jizzax shahridagi “Zilol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati
  • Giyozova Inobat Sulaymonovna — Parkent tumanidagi “Kumushkon saxovati” oilaviy turizm korxonasi direktori, Toshkent viloyati
  • Dulabova Nafisa Yusupovna — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining regional va rudali geologiya bo‘limi boshlig‘i
  • Jumanazarova Gulchexira Jumaxmetovna — Kegeyli tumani “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Ismoilova Mamlakat Norqulovna — “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining markaziy ta’mirlash sexi kran mashinisti, Navoiy viloyati
  • Israilova Buayshaxon Abdurasulovna — Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uchkurgan Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatining “John Deere” paxta terim kombayni mexanizatori, Namangan viloyati
  • Ishonqulova Dilrabo Sayfiyevna — Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining sex qurilmasi kuzatuvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Karimberdiyeva Dilbar Ziyatdinovna — To‘rtko‘l tumanidagi “Ayaz yurt” oilaviy turizm korxonasi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Koshipjonova Uktamxon Salimovna — Toshloq tumanidagi “Zamin Aziya Farm” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
  • Kurbanova Munavvara Abdujabbarovna — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining til nazariyasi kafedrasi dotsenti
  • Kuchkarova Sayyora Yuldashevna — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Rux zavodi velslash sexi shixtalovchisi, Toshkent viloyati
  • Qodirova Nodira G‘ofurovna — Rishton tumanidagi “Olimjon Ilyosbek” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati
  • Mirmaxsudova Tamara Narkulovna — O‘zbekiston davlat drama teatrining drama artisti
  • Negmatova Ulugoy Musanovna — Sardoba tumani telekommunikatsiya bog‘lamasining stansiya inshootlari guruhi aloqa elektr mexanigi, Sirdaryo viloyati
  • Nuriddinova Manzura Toshqulovna — “Navoiyuran” davlat korxonasining “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni geotexnologik koni apparatchisi, Navoiy viloyati
  • Patxitdinova Shaxnaza Abdaliyevna — “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining elektrda po‘lat eritish sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati
  • Primova Xolida Anorboyevna — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali axborot texnologiyalari kafedrasi professori, Samarqand viloyati
  • Pulatova Saboxat Usmanovna — Buxoro muhandislik-texnologiya institutining tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar kafedrasi professori, Buxoro viloyati
  • Ruziyeva Dilorom Muxitdinovna — “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi, zardo‘z
  • Soxibova Xusniobod Maxammadovna — Asaka tumanidagi 16-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Supiyeva Ziyoda Mirxakimovna — Shayxontohur tumanidagi “Lotus Gaz Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatining minorali kran mashinisti, Toshkent shahri
  • Toshmatova Xakimaxon Raximjonovna — Namangan shahridagi “Mega Star Flowers” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
  • To‘ychiyeva Shoxista Xolboyevna — Nurota tumanidagi “Nurota qorako‘l naslchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Navoiy viloyati
  • Turayeva Qunduz Xaitovna — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi katta elektr mexanigi, Qashqadaryo viloyati
  • Xudaynazarova Maloxat Juramuradovna — Yangiyer shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi farroshi, Sirdaryo viloyati
  • Shamalikova Dilfuza Shayunusovna — “G‘uncha” jurnali bosh muharriri
  • Shukurova Etibar Mirazizovna — Toshkent shahri obodonlashtirish bosh boshqarmasining markaziy maydonlarni obodonlashtirishga ixtisoslashtirilgan boshqarmasi ishchisi
  • Egamberdiyeva Xurshida Primkulovna — Boyovut tumanidagi “Ibrat asademy” o‘quv markazi rahbari, Sirdaryo viloyati
  • Yulborsova Motluba Omonovna — “O‘zyo‘lko‘prik” klasterining Farg‘ona viloyati filiali yo‘l bo‘limi ishchisi
  • Yakubova Sharapat Mannonovna — Sharof Rashidov tumani obodonlashtirish boshqarmasi hudud tozalovchisi, Jizzax viloyati