5-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilgan Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini borib ko‘rdi. Uning matbuot xizmati jarayondan suratlarni ulashdi.

Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi 2022-yil 14-martdagi qarorga muvofiq tashkil etildi. Bu yerda xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash, buning uchun yuqori malakali murabbiy va mutaxassislarni jalb etish, o‘quv-mashg‘ulotlarni xalqaro standartlar darajasida tashkil qilish hamda ilg‘or tajribalar asosida uning sifatini oshirib borish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Zamonaviy bino 4 qavatdan iborat. Birinchi qavatda asosiy sport zali, suzish havzasi, tibbiyot xonasi va oshxona bor. Ikkinchi qavatda psixologiya, xorijiy tillar, nazariy mashg‘ulotlar, informatika va o‘qituvchilar xonalari, shuningdek, 45 o‘rinli mehmonxona joylashgan. Uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda 235 o‘rinli yotoqxona, ma’naviyat xonasi tashkil etilgan. Shuningdek, bino yerto‘lasida avtoturargoh qurilgan.

Boks maktabi 175 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 5−11-sinflarga har yili 25 nafardan o‘quvchi saralab olinadi. Ilk iqtidorlar 2022-yilgi o‘quv yilida qabul qilingan va bugungi kunda 50 nafar o‘quvchi saboq olmoqda. Ular butun mamlakatdan kelgan talabgorlar orasidan saralab olingan.

баҳодир жалолов бок maktabi, prezident

Bu maskan Yunusobod tumanidagi 259-umumta’lim maktabi bilan yonma-yon joylashgan. Yosh bokschilar umumta’lim fanlarini shu yerda o‘qishadi.

Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi o‘quvchilari 2023-yilda xalqaro va respublika musobaqalarida 26 ta oltin, 18 ta kumush, 15 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Tanishuv vaqtida maktabda yosh sportchilar, soha mutasaddilari bilan muloqot bo‘ldi. Muloqotga videoaloqa orqali hududlar ham ulandi.

“Biz bu yilni Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qildik. Har doim ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib, yoshlarga kerakli sharoitlarni yaratyapmiz. Ularning salohiyati, intilishi kuchli. Boks bo‘yicha dunyoda yetakchilar qatoridamiz. Bu salohiyatni, iqtidorli yoshlarimizni rivojlantirish maqsadida shu maktabni tashkil etdik. Endi Bahodir Jalolov maktabi o‘z yo‘nalishida xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim bo‘ladi. Boks metodologiyasi, diyetologiyasi, tibbiyoti, psixologiyasi hududlardagi sport maktablarida ham rivojlantiriladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto

баҳодир жалолов бок maktabi, prezident

баҳодир жалолов бок maktabi, prezident

баҳодир жалолов бок maktabi, prezident

баҳодир жалолов бок maktabi, prezident

баҳодир жалолов бок maktabi, prezident

баҳодир жалолов бок maktabi, prezident

баҳодир жалолов бок maktabi, prezident

баҳодир жалолов бок maktabi, prezident

баҳодир жалолов бок maktabi, prezident