Jamiyat

USTDA Jizzaxda raqamli suv boshqaruvi loyihasini yakunladi
3 mart 2024, 16:32

USTDA Jizzaxda raqamli suv boshqaruvi loyihasini yakunladi

Amerikaning “Nobel Systems” kompaniyasi va “O‘zsuvta’minot” hamkorligidagi “Digital Twin” raqamli loyihasi yakunlandi. Buning uchun AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi 430 ming dollar grant mablag‘i ajratgan. Raqamli suv boshqaruvi loyihasi ikki yil davomida Jizzax shahrining uchta mahallasida amalga oshirildi.

Toshkent viloyatidagi maktabda Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazildi
3 mart 2024, 14:10

Toshkent viloyatidagi maktabda Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazildi

Zangiota tumani 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan janjalni bartaraf etmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda daraxtlarni kesish uchun jarima miqdori sezilarli darajada oshirildi
3 mart 2024, 11:12

O‘zbekistonda daraxtlarni kesish uchun jarima miqdori sezilarli darajada oshirildi

Shavkat Mirziyoyev daraxtlarni kesish uchun jarima miqdorini 5 barobarga oshiruvchi qonunni imzoladi. Har bir kesilgan daraxt o‘rniga 100 tupdan ko‘chat ekish majburiyati, yuridik shaxslarga 102 million so‘mgacha alohida jarimalar belgilandi. Prezident avvalroq jarima miqdori pastligi sababli qonunni rad etgan edi.

Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berildi
3 mart 2024, 10:01

Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berildi

Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berildi. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ldi.

Farg‘onada erkak va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi
2 mart 2024, 10:49

Farg‘onada erkak va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Beshariq tumanida erkak hamda uning 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ko‘zdan kechirish davomida xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlandi.

1-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
1 mart 2024, 21:50

1-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Kredit berishda o‘zgarayotgan talablar, “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi, “O‘zbekneftgaz"ning egasi o‘zgargan 78 ta “zapravka"si, Buxoroda boshlangan “snos"dan fotoreportaj va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (2−3-mart)
1 mart 2024, 18:11

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (2−3-mart)

Sakkizta kinopremera, spektakllar, ijodiy ishlar yarmarkalari, qoraqalpoq musiqasi kechasi, bolalar shoulari, chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Buxoro markazidagi “snos”ga tushgan va buzilishini kutayotgan binolar — suratlarda
1 mart 2024, 16:57

Buxoro markazidagi “snos”ga tushgan va buzilishini kutayotgan binolar — suratlarda

Buxoroning tarixiy qismi bilan chegaradosh hududda “Boqiy Buxoro” loyihasini amalga oshirish boshlandi. Hozirda markaziy stadion, shahar hokimligi binosi va musiqa maktabini buzish qizg‘in kechmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari “snos”ga tushgan va buzilishini kutayotgan binolarning ayrimlarini kadrlarga muhrladi.

Bahodir Begalov nomzodi BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga ilgari surildi
1 mart 2024, 16:36

Bahodir Begalov nomzodi BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga ilgari surildi

Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida o‘tkazilgan BMT Statistika komissiyasining 55-sessiyasida qatnashdi. Unda agentlik rahbari nomzodi komissiya a’zoligiga ilgari surildi.

Urganchdan 11 ta mahalliy va xorijiy shaharlarga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
1 mart 2024, 14:41

Urganchdan 11 ta mahalliy va xorijiy shaharlarga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.

Sayyohlarga Xorazmga 1 yil ichida cheklovsiz kirish uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi
1 mart 2024, 13:03

Sayyohlarga Xorazmga 1 yil ichida cheklovsiz kirish uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi

Shavkat Mirziyoyev sayyohlar 1 yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirishi uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinishini ma’lum qildi. Viloyatda turizmni rivojlantirishning 3 yillik dasturi qabul qilinadi, imtiyozli kreditlar beriladi, “Lazgi” va “Avesto” muzeylari tashkil qilinishi mumkin.

Xorazmda qiymati 10 mlrd dollardan ziyod gaz-kimyo majmuasi quriladi — prezident
1 mart 2024, 12:43

Xorazmda qiymati 10 mlrd dollardan ziyod gaz-kimyo majmuasi quriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda qiymati 10 milliard dollardan ziyod yirik gaz-kimyo majmuasi qurilishini ma’lum qildi. “Bu loyiha ishga tushsa, 3 mingta ish o‘rni yaratiladi, yiliga 2,4 million tonna yuqori qo‘shilgan qiymatli polimerlar ishlab chiqariladi”, — dedi prezident.

Markaziy stadiondan hokimlik binosigacha: Buxoro shahrida boshlangan “snos”dan fotoreportaj
1 mart 2024, 12:23

Markaziy stadiondan hokimlik binosigacha: Buxoro shahrida boshlangan “snos”dan fotoreportaj

Buxoro shahrining tarixiy qismiga tutash hududda “Boqiy Buxoro” sayyohlik majmuasining qurilishi ortidan o‘nlab davlat obyektlari buzilishi boshlandi. Bu jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari Buxoroda bo‘lib, ayni paytda buzish ishlari ketayotgan obyektlardan fotoreportaj tayyorladi.

Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘adi
1 mart 2024, 12:05

Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘adi

Dam olish kunlari aksariyat viloyatlarda bulutli ob-havo bo‘ladi, joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat kechasi −3…+2, kunduzi 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Ammo keyingi hafta biroz kechikish bilan bo‘lsa havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi, deya ta’kidlamoqda sinoptiklar.

Buxoroda do‘kon yerto‘lasidagi gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
1 mart 2024, 11:30

Buxoroda do‘kon yerto‘lasidagi gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Buxoro shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konining yerto‘lasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushdi, bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana bir fuqaro shifoxonaga yuborildi.

“„Eski binolarga o‘xshash“ rekvizitlar”. Alerte Héritage Buxoro turistik markazining eskizlarini beo‘xshov deya atadi
1 mart 2024, 10:48

“„Eski binolarga o‘xshash“ rekvizitlar”. Alerte Héritage Buxoro turistik markazining eskizlarini beo‘xshov deya atadi

Alerte Héritage tashkiloti Buxoroda sayyohlik markazi qurilishi uchun bino va inshootlarni “ommaviy” buzishni to‘xtatishga va rasmiylarni kelgusi rejalarini jamoatchilikka ma’lum qilishga chaqirdi. U ommaga e’lon qilingan yangi qurilish loyihasini “har jihatdan halokatli” deb atamoqda.

Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan 30 foiz chegirma taqdim etadi
1 mart 2024, 10:43

Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan 30 foiz chegirma taqdim etadi

Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma e’lon qildi. U 21−24-mart kunlari ekonom va biznes klass tariflari uchun amal qiladi.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
1 mart 2024, 09:30

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

1−7-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda haroratning o‘zgarishi sababli 6 ta viloyatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Chevrolet 70 mln so‘mgacha foyda bilan xaridlar imkoniyatini tuhfa qilmoqda
1 mart 2024, 09:00

Chevrolet 70 mln so‘mgacha foyda bilan xaridlar imkoniyatini tuhfa qilmoqda

Chevrolet Tahoe, Traverse, Equinox, Captiva va Onix kabi modellarga bahorgi chegirmalarni taqdim etdi. Aksiya uchun mo‘ljallangan avtomobillar soni cheklangan.

Farg‘ona viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi
1 mart 2024, 08:49

Farg‘ona viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida ham sezildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting