Jamiyat

Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga 1-maydan muddatsiz moratoriy joriy qilinadi
12 mart 2024, 09:54

Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga 1-maydan muddatsiz moratoriy joriy qilinadi

1-maydan Sirdaryo daryosi o‘zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bundan tashqari, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

“Rossiya san’atkorlari uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi” — Ozodbek Nazarbekov
12 mart 2024, 09:25

“Rossiya san’atkorlari uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xorijlik xonandalarning O‘zbekistondagi konserti tadbirkorlar tomonidan tashkil etilishini aytdi. U rossiyalik qo‘shiqchilarning O‘zbekistonda konsert berishi haqida gapirarkan, “ular uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi, shu sabab bo‘sh maydon qidirishga mahkum”, dedi u.

Toshkentda qurilish maydonidagi ishchi boshiga qolip tushib ketishi oqibatida vafot etdi
11 mart 2024, 23:16

Toshkentda qurilish maydonidagi ishchi boshiga qolip tushib ketishi oqibatida vafot etdi

Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy qurilishida ishlayotgan 23 yoshli yigit boshiga 14-qavatdan qolip tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

11-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
11 mart 2024, 22:19

11-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

San’atkorlarga chora ko‘rish haqida gapirgan Ozodbek Nazarbekov, arzonga sotib olinayotgan Rossiya gazi, O‘zbekiston masjidlaridagi taroveh namozlari, kasallik bahona maktabga kelmayotgan o‘quvchilar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabrikladi
11 mart 2024, 22:01

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tabrigida ushbu oyda “xalq manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash” ishlari yanada ko‘proq bo‘lishini aytdi. “Yurtimiz musulmonlarining ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi”, — dedi u.

Respublika maktablarida davomat 97,7 foizga yetdi — Milliy gvardiya
11 mart 2024, 17:22

Respublika maktablarida davomat 97,7 foizga yetdi — Milliy gvardiya

Milliy gvardiya axborot xizmati 6−8-fevral kunlari darslarga 188 ming o‘quvchi sababsiz kelmaganini aniqladi. Shuningdek, inspektor-psixolog va mahalla yettiligi ko‘rayotgan chora-tadbirlar sabab o‘quvchilar davomati ijobiy tomonga o‘zgarayotganini, hozir davomat 97,7 foizga yetganini ma’lum qildi.

“Vazirlik bog‘cha opa emas”. Ozodbek Nazarbekov — san’atkorlarga chora ko‘rish haqida
11 mart 2024, 16:20

“Vazirlik bog‘cha opa emas”. Ozodbek Nazarbekov — san’atkorlarga chora ko‘rish haqida

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tarmoqlarda nomaqbul harakatlar qilayotgan san’at vakillariga chora ko‘rish haqidagi savolga munosabat bildirdi. U “vazirlik bog‘cha opa emasligi, nazorat qilish demokratik normaga tushmasligi”ni aytdi. “Ularga chora ko‘rsak, liberal taraf mutlaq norozi bo‘ladi”, — dedi u.

O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi
11 mart 2024, 15:55

O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ularda kuchli ta’sir qiluvchi sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.

O‘zbekistonda 8-martdan elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilindi — Energetika vazirligi
11 mart 2024, 14:21

O‘zbekistonda 8-martdan elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilindi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi gaz bosimining normallashishi tufayli 8-martdan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Issiqlik elektr stansiyalari elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ko‘proq gaz va kamroq ko‘mir hamda mazutdan foydalandi.

Yangi ochilgan “Qipchoq” metro bekatidan qayerga borsa bo‘ladi?
11 mart 2024, 13:13

Yangi ochilgan “Qipchoq” metro bekatidan qayerga borsa bo‘ladi?

Endi Yangihayot tumanidan Qo‘yliqqa metro orqali borish mumkin, bunga 20 daqiqa vaqt ketadi. Yangi ochilgan “Qipchoq”, “Turon” metro bekatlarida zina, eskalator va lift ishlab turibdi. Sergeli liniyasidan boshqa metro yo‘nalishiga almashish uchun yo‘lovchilar alohida yo‘lkira to‘laydi. (Yangi bekatlardan fotoreportaj)

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan qo‘shimcha ayblov qo‘yildi
11 mart 2024, 12:11

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan qo‘shimcha ayblov qo‘yildi

Shofirkon tumanida salkam ikki yil davomida bolasini qiynoqqa solib kelgan ayolga qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha ayblov e’lon qilindi. U farzandini beshikka bog‘lagan holda tayoq va boshqa jismlar bilan kaltaklagan.

Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi
11 mart 2024, 11:36

Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi

Hafta davomida beqaror ob-havo saqlanib turadi, aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Chorshanbadan respublika hududiga sovuq havo massalari kirib keladi va harorat kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol kuchayishi, yomg‘ir qorga aylanishi ham mumkin.

Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyiga aylandi
11 mart 2024, 11:00

Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyiga aylandi

Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyligini e’lon qilib, va shu bilan mamlakatda futbol rivojiga o‘z hissani qo‘shish istagini bildiradi.

Komiljon Mullajanov Sayxunobod tumani hokimi bo‘ldi
11 mart 2024, 10:49

Komiljon Mullajanov Sayxunobod tumani hokimi bo‘ldi

Komiljon Mullajanov Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Abduraxim Umarov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi
11 mart 2024, 09:51

Foto: O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi

10-martdan O‘zbekiston bo‘ylab taroveh namozlarini ado etish boshlandi. “Gazeta.uz” poytaxtning qadimiy masjidlardan biri — “Oxun Guzar"dan fotoreportaj tayyorladi.

Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari
10 mart 2024, 22:39

Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari

Ramazon paytida haddan tashqari ko‘p ovqat yeyish yoki noto‘g‘ri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ro‘za paytida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha maslahatlar bilan bo‘lishdi. “Gazeta.uz” ularni taqdim etadi.

Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
10 mart 2024, 10:10

Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Navro‘z bayrami arafasida Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi.

Toshkentda taroveh namozi vaqtida bir qancha ko‘chalar yopiladi
9 mart 2024, 16:23

Toshkentda taroveh namozi vaqtida bir qancha ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahrida 10-martdan boshlab taroveh namozi o‘qiladigan vaqtda — soat 19:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar yopiladi. Ro‘yxat.

Farg‘ona viloyati hokimi ko‘lni xususiy korxonaga berish haqidagi qarorini bekor qildi
9 mart 2024, 14:56

Farg‘ona viloyati hokimi ko‘lni xususiy korxonaga berish haqidagi qarorini bekor qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov “Yoshlar ko‘li” hududini ko‘p qavatli uy, mehmonxona, restoran va savdo majmuasi qurish uchun xususiy korxonaga berish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.

O‘zbekistonda endi farzand tug‘ilgandagi suyunchi puli hammaga ham berilmaydi
8 mart 2024, 15:41 5

O‘zbekistonda endi farzand tug‘ilgandagi suyunchi puli hammaga ham berilmaydi

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzand uchun barchaga, ikkinchi farzand uchun esa farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting