Jamiyat

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
16 fevral 2023, 20:40

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentdagi Talabalar shaharchasida 5 ta avtomobil to‘qnashdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Andijonda oqib o‘tuvchi Qoradaryo qirg‘og‘i yemirildi
16 fevral 2023, 18:13

Andijonda oqib o‘tuvchi Qoradaryo qirg‘og‘i yemirildi

Baliqchi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo chap qirg‘og‘ining 30 metr qismi yemirilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha viloyat hokimligi va FVB mas’ullari ishtirokida ishchi guruh tuzildi. Hozirda qator texnikalar yordamida tosh bosish va tuproq, shag‘al to‘kish ishlari olib borilmoqda.

Energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikda ishini davom ettirmoqda
16 fevral 2023, 17:21

Energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikda ishini davom ettirmoqda

Yanvar oyida faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikning qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyiha ofisi direktori lavozimida ishini davom ettirmoqda.

Toshkentdagi Milavitsa do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytardi
16 fevral 2023, 16:04

Toshkentdagi Milavitsa do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytardi

Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytarib, ularning bir qismini almashtirdi. Suratlar internetdagi tanqid va tuman hokimligi bilan o‘tkazilgan «tushuntirish suhbati»dan so‘ng olib tashlangandi. Hokimlik esa do‘konni suratlarni olib tashlashga majburlamaganini bildirdi.

O‘zbekistonda may oyidan IT bo‘yicha President Tech Award tanlovi o‘tkaziladi
16 fevral 2023, 15:12

O‘zbekistonda may oyidan IT bo‘yicha President Tech Award tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda IT bo‘yicha President Tech Award tanlovi may oyidan boshlab o‘tkaziladi. Unda 30 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonliklar beshta asosiy, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlar esa maxsus yo‘nalish bo‘yicha jamoaviy ishtirok etishi mumkin.

Qoraqalpog‘istondagi YTHda 28 yoshli yigit vafot etdi
16 fevral 2023, 14:57

Qoraqalpog‘istondagi YTHda 28 yoshli yigit vafot etdi

Amudaryo tumanida Damas va Lacetti o‘rtasida bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida Lacetti boshqaruvidagi 28 yoshli yigit vafot yetdi. Damas haydovchisi va yo‘lovchisi esa og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

2022 yilda O‘zbekistonda 5,1 mln kishi xorijga sayohat qildi
16 fevral 2023, 14:08

2022 yilda O‘zbekistonda 5,1 mln kishi xorijga sayohat qildi

O‘zbekistonlik sayyohlar soni yil davomida ikki baravarga ko‘payib, 5,16 mln kishiga yetdi. Sayohatlar uchun eng mashhur yo‘nalishlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlari bo‘ldi.

Namangandagi sexda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
16 fevral 2023, 12:12

Namangandagi sexda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Namangan tumanidagi cho‘yan quyish sexida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Yana bir ishchi tan jarohati oldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijon va Navoiyda aholi hamda tadbirkorlar quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani aytilmoqda
16 fevral 2023, 10:42

Andijon va Navoiyda aholi hamda tadbirkorlar quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani aytilmoqda

Andijon va Navoiy viloyatlarida aholi quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Hokimliklar jarayon «faqat tavsiya sifatida» va «hech bir majburlovlarsiz» kechayotganini bildirdi. Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko‘ra, «ratsional harakat ongli va ongsiz ravishda obro‘sizlantirilmoqda».

O‘zbekistonda mahkumlarning jazoni o‘tash davridagi mehnati pensiya tayinlashda hisobga olinadi
16 fevral 2023, 10:26

O‘zbekistonda mahkumlarning jazoni o‘tash davridagi mehnati pensiya tayinlashda hisobga olinadi

Prezident imzolangan qonun bilan endi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Farg‘ona vodiysida gaz «zapravka»lari bosqichma-bosqich ochilishi mumkin
16 fevral 2023, 09:33

Farg‘ona vodiysida gaz «zapravka»lari bosqichma-bosqich ochilishi mumkin

Energetika vazirligi mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda hafta oxirigacha vodiy viloyatlaridagi AGTKSHlar faoliyatini bosqichma-bosqich tiklash choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Qamchiq dovonida qor ko‘chdi, avvalroq transport harakati to‘xtatilgandi
16 fevral 2023, 09:26

Qamchiq dovonida qor ko‘chdi, avvalroq transport harakati to‘xtatilgandi

«Toshkent-O‘sh» yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida qor ko‘chkilari sodir bo‘ldi. Hozirda yo‘llar tozalanmoqda, yo‘lovchilar uchun isitish punktlari tashkil etildi. Farg‘ona vodiysiga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Toshkentda ko‘p qavatli uy ustida «uy» qurilgani aniqlandi
15 fevral 2023, 22:27

Toshkentda ko‘p qavatli uy ustida «uy» qurilgani aniqlandi

Qurilish vazirligi Toshkentdagi yangi ko‘p qavatli turar joy binolaridan birining tomida uy ko‘rinishidagi noqonuniy qurilish aniqladi. Uning egasiga jarima solinib, 15 kun ichida uni buzish topshirildi.

15 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 fevral 2023, 22:00

15 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

«Svet», gazni noqonuniy ishlatish o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilanishi, 4 yigit zo‘rlangani aytilgan ayol, Onix mashinasi taqdimoti, vaqtincha yopilgan «Sirdaryo» va «S.Najimov» chegara bojxona postlari, yangi tayinlovlar, xotinini o‘ldirib, 19 yilga qamalgan erkak va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Toshkentda orqaga yurayotgan Captiva ikki yoshli bolani bosib ketdi
15 fevral 2023, 21:20

Toshkentda orqaga yurayotgan Captiva ikki yoshli bolani bosib ketdi

Toshkentda ko‘p qavatli uylar hovlisida orqaga harakatlanayotgan Captiva ikki yoshli bolani bosib ketdi. Bola olgan tan jarohatlari tufayli olamdan o‘tdi.

Toshkentdagi ichki kiyimlar do‘konidan modellar surati oldirib tashlandi
15 fevral 2023, 18:26

Toshkentdagi ichki kiyimlar do‘konidan modellar surati oldirib tashlandi

Internetda Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘koni tashqi vitrinasiga joylashtirilgan modellar suratini tanqid qilingan video tarqaldi. Keyinchalik suratlar olib tashlandi. Do‘kon rahbari bu tuman hokimligining iltimosiga binoan amalga oshirilganini aytdi.

Driver’s Village O‘zbekistonga SsangYong avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi
15 fevral 2023, 18:00

Driver’s Village O‘zbekistonga SsangYong avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Kompaniya O‘zbekistonga atmosfera benzinlik dvigatellar bilan jihozlangan Rexton premium ramali yo‘ltanlamas, Musso pikapi, Korando, Torres, XLV va Tivoli avtomobillarini yetkazib beradi.

Toshkent viloyatida ayol 4 erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
15 fevral 2023, 17:55

Toshkent viloyatida ayol 4 erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

28 dekabr kuni Bo‘stonliqda ayol mahalladoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragani aytilmoqda. U 2023 yil 10 fevral kuni Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markaziga olib kelingan. Holat yuzasidan 25−27 yoshli 4 nafar gumonlanuvchiga nisbatan 2 ta modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Elektr, neft va gazdan foydalanishni nazorat qiluvchi inspeksiya tashkil etildi
15 fevral 2023, 17:14

Elektr, neft va gazdan foydalanishni nazorat qiluvchi inspeksiya tashkil etildi

Energetika vazirligi huzurida Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) tashkil etildi. Shuningdek, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishni nazorat qiluvchi bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy qilindi.

O‘zbekistonda davlat bog‘chalari ko‘p qavatli uylarda tashkil etilishi mumkin
15 fevral 2023, 16:55

O‘zbekistonda davlat bog‘chalari ko‘p qavatli uylarda tashkil etilishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting